Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 13:25 / 26.06.2025
2999
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga kelgan xorijlik sayyohlar soni 3 mlndan oshdi
O‘zbekistonga necha nafar xorijlik sayyohlar tashrif buyurgani ma’lum qilindi.
2025 yilning yanvar-aprel oylarida jami 3,1 mln nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 987,9 ming nafarga yoki 46,4 foizga oshgan.
Ushbu ko‘rsatkich safar maqsadlari kesimida quyidagicha:
- qarindoshlarni yo‘qlash — 2,1 mln nafar;
- sayyohlik — 434,4 ming nafar;
- xizmat yuzasidan — 374,6 ming nafar;
- tijorat — 152,1 ming nafar;
- davolanish — 33,3 ming nafar;
- o‘qish — 7,9 ming nafar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
10:55
O‘zbekistonda aholiga tegishli avtomobillar soni qariyb 5 millionga yetdi
09:30
O‘zbekiston qaysi mamlakatlarga ko‘proq mahsulot sotmoqda?
09:49 / 19.06.2026
O‘zbekistonda talabalar soni 1,5 milliondan oshdi
12:02 / 18.06.2026