Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiy IESda uchinchi bug‘-gaz qurilmasi quriladi
Vazirlar Mahkamasining 9.09.2020 yildagi 549-son qarori bilan Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar belgilandi.
Norma’ning yozishicha, zamonaviy energiya samarador texnologiyalarni joriy etish yo‘li bilan ishlab chiqarish quvvatlarini yanada rivojlantirish va respublika aholisini barqaror elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida hujjat bilan quyidagilar ma'lumot uchun qabul qilingan:
a) Navoiy issiqlik elektr stansiyasida 650 MVt quvvatli uchinchi bug‘-gaz qurilmasini qurish bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) bilan 10 yillik imtiyozli davr bilan 30 yil muddatga quyidagi yillik foiz stavkalarda 128 246 mln yapon iyenasi miqdorida qarz bitimi imzolanganligi:
• konsalting xizmatlari uchun – 0,01 foiz;
• bug‘-gaz qurilmasini qurish uchun – 0,5 foiz.
b) Prezidentning 16.07.2018 yildagi «Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3857-son qaroriga muvofiq xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida soliq va bojxona imtiyozlari taqdim qilinishi;
v) investitsiya loyihasini amalga oshirish muddati 5 yil (2020–2024 yillar) etib belgilanganligi.
Loyihaning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va monitoring qilish «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ zimmasiga yuklatilgan. «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ loyihaning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi, JICA ajratgan qarzlardan maqsadli foydalanish, shuningdek ularni qaytarish uchun mas'ul tashabbuskor hisoblanadi. JICA qarz mablag‘larini o‘zlashtirish loyihaning TIA tasdiqlangandan so‘ng boshlanadi.
Banklararo bitim asosida kreditga xizmat ko‘rsatish bilan TIF Milliy banki (TIF MB) shug‘ullanadi. Moliya vaziriga esa TIF MB, «Issiqlik elektr stansiyalari» AJ va «Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJ o‘rtasidagi qarzlardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi agentlik bitimini O‘zbekiston nomidan imzolash vakolati berildi.
«Navoiy issiqlik elektr stansiyasi» AJga loyiha doirasida bosh pudratchini tanlab olish uchun tender hujjatlarini ishlab chiqish, tender o‘tkazish va tender takliflarini baholash bo‘yicha konsalting xizmatlari uchun, istisno tariqasida, tender o‘tkazmasdan «Tokyo Electric Power Services Co., Ltd» (Yaponiya) kompaniyasi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma tuzishga ruxsat berildi.
Hujjat 10.09.2020 yildan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
18:17 / 15.06.2026
“Suv ichaman deb chalg‘idim” – Navoiyda YTHga uchragan avtobus haydovchisi 10 yilga qamaldi
23:10 / 30.05.2026
Navoiyda ming dollar porani rad etgan YPX xodimi mukofotlandi
23:50 / 19.05.2026
Navoiydagi konda yashirincha oltin qazish bilan shug‘ullangan guruh ushlandi
17:53 / 11.05.2026