«Hozirgi vaqtda Markaziy Osiyo mintaqasida tub özgarişlar yuz bermoqda. Biz mintaqa davlatlari örtasida yaxşi qöşniçilik va özaro işonç, döstlik va hurmat muhitini yaratişga erişdik.

Birlaşgan Millatlar Taşkiloti Boş Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan taşabbusga asosan muntazam ötkazilayotgan Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uçraşuvlari umumiy yutuğimiz böldi. 

Oxirgi tört yilda Özbekistonning qöşni davlatlar bilan özaro savdo hajmi salkam beş barobarga ösdi.

Mamlakatlarimiz uşbu sinovli kunlarda bir-birini yolğiz qoldirmasdan, özaro yelkadoş böldilar.

Bugun Markaziy Osiyo davlatlari oldida muhim strategik vazifa turibdi. U ham bölsa, mintaqamizning global iqtisodiy, transport va tranzit yölaklariga çuqur integratsiyasini ta'minlaşdir. 

Şu munosabat bilan Birlaşgan Millatlar Taşkiloti şafeligida Transport-kommunikatsiya aloqalarini rivojlantiriş mintaqaviy markazini oçişni taklif etamiz.

Bugungi kunda Markaziy Osiyoda xavfsizlikni ta'minlaş sohasida ham samarali hamkorlik olib borilmoqda. Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Global antiterror strategiyasi muvaffaqiyatli amalga oşirilmoqda.

Biz uşbu strategiya doirasidagi Mintaqaviy qöşma rejaning 10 yillik natijalari va kelgusi istiqbollariga bağişlangan xalqaro konferensiyani ötkaziş tarafdorimiz.

Ma'lumki, mintaqamizning köhna va boy madaniy merosi global ahamiyatga ega. Biz 2021 yilda  YuNeSKO bilan hamkorlikda qadimiy Xiva şahrida «Markaziy Osiyo jahon sivilizatsiyalari çorrahasida» degan mavzuda xalqaro forumni ötkazişga tayyormiz», dedi prezident.

Prezident sudlarning çinakam mustaqilligi va qonun ustuvorligini ta'minlaşga yönaltirilgan keng qamrovli islohotlar izçil amalga oşirilayotganini ta'kidlab ötgan.

«Korrupsiyaga qarşi murosasiz kuraş yangi bosqiçga kötarildi. Bu borada muhim qonun hujjatlari qabul qilinib, mustaqil tuzilma – Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi taşkil etildi. 

Mamlakatimizda iqtisodiy islohotlar jadal davom ettirilmoqda. Biz birinçi marta kambağallikni kamaytiriş haqidagi qat'iy qarorimizni oçiq e'lon qildik.Bunga tadbirkorlikni rivojlantiriş va qöşimça iş örinlari yaratiş, investitsiya va biznes muhitini yaxşilaş hamda zamonaviy infratuzilmani barpo etiş, odamlarni yangi kasb-hunarlarga örgatiş va aholiga manzilli ijtimoiy yordam körsatiş orqali erişmoqdamiz.