«SIMMA HOTEL» mehmonxonasi – barcha qulayliklar aziz mehmonlar uchun!
Cheklovlar yumshatilmoqda, iqtisodiyot tiklanmoqda, sayohatlar boshlanmoqda. O‘zbekiston hamisha mehmonlarni o‘ziga chorlagan, so‘nggi yillarda turizm sohasi jadal rivojlangan davlat hisoblanadi.
Inson safarga otlanarkan birinchi navbatda o‘zi qo‘nim topadigan joy masalasini o‘ylaydi va juda ko‘pchilik sayyohlar mehmonxonalar xizmatidan foydalanadilar.
Poytaxtimizda faoliyat yuritayotgan «Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasini nozik didli mehmonlarning barcha istaklariga muvofiq keluvchi maskanlardan biri deb atash mumkin.
Boisi mazkur mehmonxona poytaxt Toshkentning eng bahavo joyida joylashganligi bilan birga Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroporti, mahalliy “Toshkent 3” terminali hamda “Janubiy temir yo‘l vokzali”ga yaqin hududda joylashgan. Bu esa qadim O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi har qaysi sayyoh va biznesmenlar uchun juda qulay hisoblanadi.
«Simma Hotel SPA & Water Park» mehmonxonasi o‘z mehmonlariga eng qulay va samarali tarzda aeroportdan kutib olish va kuzatib qo‘yish, bepul Wi-Fi, bepul avtoturargoh, konferens-zallar, kun-u tun xizmat ko‘rsatuvchi restoran va bar, kun-u tun xonalarga xizmat ko‘rsatish, lobbi-bar, fotosessiya uchun manzarali maskanlar, yuklarni saqlash, kimyoviy tozalash va kir yuvish xizmatlari, valuta ayirboshlash, bankomat xizmatlarini taklif qiladi.
Mehmonlarning ish va sayohatdan keyin maroqli hordiq chiqarishlari uchun yopiq akvapark, turk hammomi, fin saunasi, SPA-muolajalari, karaoke, bilyard, kinozal, stol tennisi kabi qulayliklar ham muhayyo.
«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasi tomonidan mehmonlar xohishiga qarab Standard, Deluxe, Lux, Executive, Studio, Superior Suite, Grand Suite va Royal Suite turdagi xonalar taklif etiladi. Bu kabi xonalar soni 118 ta bo‘lib, ular o‘zining nafisligi, bejirimligi va Yevropa uslubida bezatilganligi bilan ajralib turadi.
Har bir xona qulay va ko‘rkam mebel jihozlari, keng dushxona, sputnik televideniyesi, konditsioner, Wi-Fi, telefon, soch quritgich, seyf, mini-bar, muzlatkich va hammom kosmetikasi to‘plami bilan jihozlangan.
Mehmonxona taomgohi
«Simma Hotel» qoshidagi «Suzane» restorani – bu bejirimlik bilan bir qatorda shinamlik, rang-baranglik hamda nafislik majmuidir. Bu maskan mehmonlarni hayratda qoldirishi shubhasiz!
«Suzane» - bu maroqli nonushta qilish, xushbo‘y qahvadan bahramand bo‘lish, mazali tushlikdan tatib ko‘rish hamda shirinso‘z xodimlarning samimiy xizmati qurshovida oqshomni betakror o‘tkazish uchun betakror maskandir. Restoran birinchi qavatda joylashgan bo‘lib, 100 kishiga mo‘ljallangan o‘rindiqlardan iborat. Tug‘ilgan kun, banket va marosim uchun ayni muddaodir.
Restoranda milliy, Yevropa hamda Sharq oshxonalarining eng mashhur, mazali va sevimli taomlaridan tatib ko‘rishingiz mumkin.
Malakali barmenlar har bir taomning ta'mini yanada totli qila oladigan ichimliklarni tanlashda beminnat tavsiyalar beradi.
«Suzane» restorani xodimlari mamnuniyat bilan orzuingizdagi bayramni tashkillashtirib berishga qodir, zero ajoyib xotiralar mehmonlarga bu yerga yana qaytib kelish istagini tuhfa etishi shubhasiz!
SPA & Health Club
Serenity
Zamonaviy dizayn va did bilan jihozlangan majmuada mehmonlar o‘z vaqtlarini maroqli hamda mazmunli o‘tkazishlari mumkin.
Mehmonxona binosida joylashgan hamda eng so‘nggi turdagi trenajyorlar bilan jihozlangan sportzalda o‘tkaziladigan og‘ir biroq maroqli mashqlardan so‘ng ushbu maskandagi cho‘milish havzasida charchoq chiqarish imkoniyati mavjud. Yopiq suv havzasi hamda sog‘lomlashtiruvchi massaj barchaga xush yoqishi tabiiy.
Mehmonlar istalgan paytda malakali sport murabbiylari mijoz imkoniyatidan kelib chiqib individual mashqlar dasturi hamda ovqatlanish ratsionini tavsiya etadilar.
Shuningdek, yopiq akvapark hududida shinam kiyinish xonalari, xavfsiz texnologiyalar bilan jihozlangan javonlar, ozoda cho‘milish xonalari, zamonaviy isitish-sovutish tizimi, fitnes-bar va ko‘plab aksessuarlar mavjud.
Respublikamizning turli hududlaridan hamyurtlarimiz kelib qishin-yozin mo‘'tadil haroratda tanni yayratadigan akvaparkda cho‘milib, mehmonxonamizda hordiq chiqarib ketayotganlari biz uchun quvonarli bo‘lmoqda.
Tadbirlar uchun maxsus zallar
«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasida treninglar, seminarlar va konferensiyalarni o‘tkazishga mo‘ljallangan 3 ta anjumanlar zali mavjud. Ular o‘zida 150 nafargacha ishtirokchini sig‘dira oladi. Anjumanlar zali zamonaviy ovoz apparaturalari hamda vizual asbob-uskunalar bilan jihozlangan.
«Simma Hotel Spa & Water Park» mehmonxonasining ahil jamoasi har qanday murakkab anjumanlarni tashkillashtirib berish imkoniga ega. Sifatli yorug‘lik ta'minoti, shinam mebellar, zalning qulay joylashuvi anjumanning maksimal darajada yoqimli hamda benuqson o‘tishiga xizmat qiladi.
Biz aziz mehmonlarimiz uchun eng yaxshisini taqdim etamiz!
Umid qilamizki, Siz mehmonxonamizning doimiy mehmonlari qatoriga kirasiz!
Hurmat va ehtirom ila «Simma Hotel SPA & Water Park» jamoasi
Manzil: Toshkent, Sergeli 5 A, Halqa yo‘li.
Telefonlar: 71 207 29 99, 99 444 95 55, 95 479 29 99
Sayt: simma.uz
Facebook: facebook.com/simmahotel
Instagram: instagram.com/simmahotel
Telegram : t.me/simmahotel
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
07:23 / 20.09.2022
1 kuni 2,5 milliondan 29 million so‘mgacha - Samarqanddagi yangi mehmonxonalar va prezident apartamentlari (foto)
15:40 / 03.09.2022
«Sayyohlar oldida sharmanda bo‘lyapmiz» – Toshkentda ichki ishlar xodimlari tong sahardan mehmonxonalarni tekshirmoqda
07:52 / 22.08.2022
Somali poytaxtida mehmonxonaga hujum oqibatida 30 kishi halok bo‘ldi
14:34 / 25.07.2022