Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chiroqchilik qiz imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay kuniga bir sentnerdan ziyod paxta termoqda - video
Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi, jismoniy imkoniyatlari cheklangan Gulchehra Qipchoqova ayni kunlarda Mirishkor tumani dalalarida paxta terib, o‘z oilaviy daromadini oshirishga harakat qilmoqda.
U baxsiz xodisa sabab bir qo‘lidan ayrilgan. Shunga qaramasdan bir qo‘lida kuniga 100-120 kilogramgacha paxta terib, xirmonga topshirmoqda.
Gulchehra shu yil Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Shahrisabz filiali talabasi bo‘libdi. Davlat granti asosida.
«Mehnatim orqali qadr topishni xohlayman, — deydi Gulchehra. — Isboti esa, viloyat hokimining xabar olishi bilan bir qatorda kechagina universitetga qabul qilinganim ham katta qadrdir».
Qashqadaryo viloyat hokimi Zoyir Mirzayev mehnatkash va olg‘a intiluvchi bu qizga xirmonga qo‘shayotgan hissasi uchun minnatdorchilik sifatida sovg‘a-salomlar ulashdi.
Mavzuga oid
08:07 / 15.04.2026
Dunyoda eng ko‘p paxta yetishtiruvchi davlatlar reytingi e’lon qilindi
12:15 / 14.03.2026
2026 yilda paxtani mashinada terish ulushi 70 foizga yetkaziladi
20:58 / 21.02.2026
Human Righs Watch O‘zbekiston hukumatini fermerlarga erkinlik berishga chaqirdi
11:25 / 04.02.2026