Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rostov» Shomurodovni «Jyenoa»ga 9 million yevroga sotishga rozi bo‘ldi
«Rostov» klubi o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov transferi borasida Italiyaning «Jyenoa» klubi bildirgan yangi taklifga rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Rossiyaning «Sport Ekspress» nashri.
Manbaning yozishicha, «Rostov» klubi rahbariyati dastavval italiyaliklarning 8 million yevrolik taklifini rad etgan. Ko‘p o‘tmay, muzokaralarda Italiya A Seriyasi klubi Eldor Shomurodov uchun barcha bonuslari bilan qo‘shib hisoblaganda narxni 9 million yevroga ko‘targan. Yangilangan taklifni esa «Rostov» klubi qabul qilgan.
Qayd etilishicha, kelishuvga ko‘ra Rossiya klubi Eldor Shomurodovning keyingi transferidan tushadigan 15 foizi miqdoridagi mablag‘ga ham ega bo‘ladi.
Tomonlar barcha masalada kelishishgan, faqat Shomurodov transferi uchun to‘lanadigan jami mablag‘ qancha muddat davomida taqsimlab to‘lanishi masalasi borasida bir to‘xtamga kelish qolgan.
Ma'lumot uchun, Shomurodov 2017 yildan buyon rostovliklar safida to‘p surmoqda. Futbolchining shartnomasi 2024 yilga qadar belgilangan. Transfermarkt portali hujumchining transfer bahosini 6,5 million yevroga baholagan.
Eldor Shomurodov o‘tgan mavsumda Rossiya Premer-ligasida 11ta gol urib, to‘purarlar qatoridan joy olgandi. Joriy mavsumda u 9 o‘yinda bitta gol muallifiga aylangan. Shuningdek, Eldor Yevropa ligasi 3-saralash bosqichi doirasida o‘tgan hafta «Makkabi» (1:2) klubi darvozasini ishg‘ol etgandi.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026