Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Malibu-2’ni aldab sotgan shaxsga firibgarlik moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
2020 yilning 25 mart kuni Toshkent shahar Shayxontohur tumanida 41 yoshli R.M. o‘zganing mol-mulkini aldash va ishonchni suiiste'mol qilish yo‘li bilan qo‘lga kiritish maqsadida, o‘ziga tegishli Malibu-2 rusumli avtomashinasi bank tomonidan taqiqqa qo‘yilganligini bilgan holda, ushbu avtomashinani 28 yoshli A.Q.ga 28 000 AQSh dollariga sotishni va'da qilgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, u avtomashinada hech qanday taqiq yo‘qligiga A.Q.ni ishontirib, uning ishonchiga kirib, 28 000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan bo‘lsa-da, ammo avtomashinani A.Q.ning nomiga rasmiylashtirish jarayonida avtomashina taqiqda ekanligi oshkor bo‘lganidan so‘ng, avval olgan 28 000 AQSh dollarini qaytarib berishini aytgan.
Qayd etilishicha, R.M. avtomashinani o‘zi bilan olib ketib, bergan va'dasi ustidan chiqmasdan, pul mablag‘larini o‘zining ehtiyojlariga sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan R.M.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov jarayonida R.M. gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilingan.
Mavzuga oid
22:48 / 28.06.2026
Toshkentda “svet” o‘chishi oqibatida attraksionda qolib ketgan odamlar tushirib olindi
21:23 / 28.06.2026
Poytaxtning uch va Toshkent viloyatining bir tumani elektrsiz qoldi
19:44 / 28.06.2026
Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
18:45 / 27.06.2026