Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada xorijliklar jamoat transportida yurish uchun raqamli kod olishlari shart qilib qo‘yildi
Turkiyada xorijliklarga jamoat transportida yurish uchun mahalliy aholi bilan bir qatorda raqamli kod olish shart qilib qo‘yildi. Bu chora koronavirusga qarshi kurash doirasida kiritilgan.
Ta'kidlanishicha, xorijliklar jamoat transportida yurish uchun HES-kod (salomatlik kodi) olishlari lozim. Uni 2023 raqamiga jo‘natilgan sms-xabar yordamida olish mumkin. Xabarda xorijlik fuqaro o‘z millati, pasporti seriyasi va raqami, tug‘ilgan yili va familiyasini ko‘rsatishi lozim. Xabar quyidagicha ko‘rinishda bo‘lishi kerak: HES, bo‘sh katak (probel), xorijlikning millati, bo‘sh katak, pasporti seriyasi va raqami, bo‘sh katak, tug‘ilgan yili, bo‘sh katak, familiya.
Ma'lum qilinishicha, sms-xabarni hozircha faqatgina mahalliy sim-kartadan yuborish mumkin. Shu sababli sayyohlar uni yuborishda aeroportlar yoki mehmonxonalar xodimlariga murojaat qilishlari tavsiya qilingan.
Avvalroq Turkiya ichki ishlar vazirligi mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni keskin ko‘paygani sababli mahalliy fuqarolarda jamoat transportida yurish va mehmonxonaga joylashishda raqamli kod bo‘lishi kerakligi haqida ko‘rsatma bergan.
Bundan ham avvalroq raqamli kod shaharlararo avtobuslar, poyezdlar va samolyotlarda kiritilgan. Ushbu chora 30 sentyabrdan kuchga kirgan.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026