Jahon | 22:28 / 06.10.2020
10362
1 daqiqa o‘qiladi

Bayden Erdo‘g‘anni Ayo Sofiyaga muzey maqomini qaytarishga chaqirdi

Turkiya oliy ma'muriy sudi 10 iyulda Ayo Sofiya muzey-ibodatxonasining masjidga aylantirilishiga ruxsat bergan, shundan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqidagi tegishli farmonni imzolagandi.

Foto: Arild Vågen

AQSh prezidentligiga nomzod Jozef Bayden Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni Ayo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish to‘g‘risidagi iyulda qabul qilgan qarorini o‘zgartirishga chaqirdi.

"Men Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anni Ayo Sofiya ibodatxonasini masjidga aylantirish to‘g‘risida yaqinda qabul qilgan  qarorini o‘zgartirishga va bu xazinaga avvalgi muzey maqomini qaytarish, u yerga kirishga barchaga, jumladan pravoslavlarga teng huquq berilishini kafolatlashga chaqiraman", - deyiladi Jozef Baydenning saytida.

Turkiya oliy ma'muriy sudi 10 iyulda Ayo Sofiya muzey-ibodatxonasining masjidga aylantirilishiga ruxsat bergan, shundan keyin Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bu haqidagi tegishli farmonni imzolagandi.

Avgust oyida Erdo‘g‘an Istanbuldagi muzey maqomiga ega Xora ibodatxonasini masjidga aylantirish topshirig‘ini bergani to‘g‘risida xabar tarqaldi.

Mavzuga oid