Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobada ham sessiya: tuman rahbarlari hududni «yashil» toifaga o‘tkazishga va'da berdi
7 oktabr kuni Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Sardoba tuman kengashining 14-sessiyasida hokim Abduazim Xidirov deputatlar, tuman mas'ullari va jurnalistlar oldida hisobot berdi.
Tuman va shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholashning reyting ko‘rsatkichlari natijasiga ko‘ra, 33ta tuman «qoniqarsiz» deb topilgan edi. Shulardan ikkitasi – Sirdaryo viloyatining Sardoba va Xovos tumanlaridir.
Sardoba tumani hokimi Abduazim Xidirovga ko‘ra, tumanda jami ishsiz xotin-qizlar soni 1764 nafar yoki jami iqtisodiy faol aholiga nisbatan ishsizlik darajasi 6,4 foizni tashkil etib, viloyatda 6-o‘rinni qayd etgan. 2020 yil yakuniga qadar xotin-qizlar bandligini ishsizlik darajasini 20 foizgacha kamaytirish ko‘zda tutilgan. Tumanda bandlik darajasi 90,3 foiz bo‘lib, viloyatda 11-o‘rinni egallagan.

Hududiy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish va aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan mahsulotlar hajmi 941 ming so‘m bilan viloyatda 11-o‘rinni egallagan.
Prezidentning virtual va xalq qabulxonalari orqali davlat hokimiyati organlariga kelib tushgan murojaatlar qanoatlantirish bo‘yicha ko‘rsatkichlar juda yomon ahvolga kelib qolgan. Kelib tushgan murojaatlarning 47 foizigina qanoatlantirilgan. Takroriy murojaatlar esa 44 tani tashkil qilgan.
Bosh vazirning tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarning esa bor-yo‘g‘i 39,7 foizigina qanoatlantirilgan.

Abduazim Xidirov Sardoba tumanini «qizil» hududdan «yashil» hududga o‘tkazishda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturini taqdim etdi. Ushbu dasturga ko‘ra:
- jami xizmatlar sohasida faoliyat ko‘rsatmayotgan 5 ta korxonalar faoliyatini tiklash;
- xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi 9 ta yangi loyihalarni o‘z vaqtida ishga tushirish;
- korxonalarning eksport salohiyatini oshirish;
- tuman hududidagi 4098 nafar ishsiz aholini ish bilan ta'minlash;
- tumanda pul aylanmasi tushib ketgan va past quvvatda ishlayotgan 44 ta korxonalarni jonlantirish choralarini ko‘rish;
- tadbirkorlar va fuqarolardan kelib tushadigan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va uni ijobiy hal etish tizimini doimiy asosda yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
2020 yilda umumiy qiymati 279,5 mlrd so‘m bo‘lgan 28 ta sanoat, 24 ta xizmat ko‘rsatish va 27 ta qishloq xo‘jaligi yo‘nalishidagi loyihalar amalga oshiriladi. Bundan tashqari, tumanda faoliyat yuritayotgan 72 ta sanoat korxonalarining to‘la quvvatda ishlatilishida amaliy yordam ko‘rsatiladi, tuman markazida 40 ta zamonaviy savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish nuqtalari ishga tushiriladi.
Investitsion loyihalarni amalga oshirish, xorijiy investorlarga imtiyoz bergan holda ularni jalb qilish, ikki tomonlama manfaatli loyihalarni amalga oshirish orqali tumani «yaxshi» hududga olib chiqishi rejalashtirilgan.
Sessiyada tuman hokimi va sektor rahbarlari tomonidan tumanning «qoniqarsiz» hududga kirgani uchun kechirim so‘rab, tumanni «yaxshi» hududga o‘tkazish uchun va'da berildi.
Mavzuga oid
23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi
07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi
23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari
13:53 / 18.09.2022