Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sardobada zamonaviy korxona ochildi va yangi uylar qurib bitkazildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev «Sardoba Oqsaroy tekstil» korxonasi faoliyati bilan tanishdi.

«Oqsaroy klaster» mas'uliyati cheklangan jamiyat tarkibidagi mazkur korxona yiliga 3,5 million dollarlik tayyor mato va kiyimlar ishlab chiqarish quvvatiga ega. Mahsulotlarni 100 foiz eksport qilish mo‘ljallangan. Turkiyadan zamonaviy tikuv mashinalari va energiyatejamkor sovutish tizimi keltirib o‘rnatilgan. Loyihaning birinchi bosqichida 500 ta ish o‘rni yaratilgan.
Davlat rahbari bu yerda faoliyat boshlagan xotin-qizlarni yangi uy va ish joylari bilan tabrikladi.
«Fojia yuz bergan kunlari ba'zi odamlarda ertangi kunga ishonch yo‘qolib qolgan edi. Bugun sizlarning ko‘zingizda ishonch uchqunlarini ko‘rib turganimdan xursandman. Ayollar ishlasa, kayfiyati yaxshi bo‘ladi. Ayolning kayfiyati yaxshi bo‘lsa, farzandlarining kayfiyati, tarbiyasi yaxshi bo‘ladi, oilada, jamiyatda muhit o‘zgaradi. Shuning uchun xotin-qizlarga ish o‘rinlarini ko‘paytirishga harakat qilyapmiz», dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shu yerda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni kengaytirish, yengil sanoatda qo‘shimcha qiymat zanjirini yaratish bo‘yicha loyihalar taqdimoti o‘tkazildi.
Davlat rahbari 15 may kuni Sardoba tumanida bo‘lganida «Do‘stlik» mahallasida yangi uylar qurilishiga tamal toshi qo‘ygan edi. Qisqa vaqtda bu yerda 1 ming 480 xonadonli 37 ta turar joy qurib bitkazildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev bu galgi tashrifi chog‘ida mazkur zamonaviy mavzeni ko‘zdan kechirdi.
Uylar besh qavatli bo‘lib, ikki va uch xonali kvartiralardan iborat. Turar joylarni qurishda eng energiyatejamkor materiallardan foydalanilgan. Yangi mavzeda barcha kommunikatsiya tarmoqlari mavjud. Mahalla guzari, bolalar maydonchalari qurilib, hudud obodonlashtirilgan.
Xonadonlar tayyor holda, toshqindan jabrlangan oilalarga bepul topshiriladi. Oldin mazkur mahallada yashagan Baxtiyor va Qimmatxon Mirzayevlar oilasiga ham uch xonali kvartira ajratilgan.
Davlat rahbari ushbu xonadonga kirib, sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Tavsiya etamiz
Rossiyaga isiriq olib borgan tojikistonlik ayol 8 yilga qamaldi
Jahon | 07:46 / 23.08.2025
Oliygoh va litseylarda darslar qachon boshlanishi ma’lum qilindi
O‘zbekiston | 20:59 / 22.08.2025
Tramp, dollar va so‘m: AQSh valutasida pul jamg‘arish endi avvalgidek jozibali emasmi?
Iqtisodiyot | 20:54 / 22.08.2025
AQSh 55 milliondan ortiq viza egalarini tekshiradi
Jahon | 10:08 / 22.08.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Maldiv orollarida kuz - chegirmalar va bonuslarga ega mehmonxonalar
O‘zbekiston | 13:00 / 26.08.2025
-
Toshkentdagi klinikada yuz bergan fojia bo‘yicha jinoyat ishi ochildi
Jamiyat | 23:51 / 26.08.2025
-
Tadbirkorlar uchun maxsus huquqiy rejim va har bir mahallaga futbol maydoni – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:14 / 26.08.2025
-
2026 yildan boshlab Android noma’lum dasturchilarning ilovalarini bloklaydi
Fan-texnika | 23:10 / 26.08.2025
Mavzuga oid

12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi

22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi

21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi

19:03 / 25.08.2025