«Suv keldi, 7 oila tarqalib ketdik» – Sardoba toshqinini birinchi qabul qilgan mahallada yashovchi Saidazim ota hikoyasi
Davlat rahbarining Sirdaryo viloyatiga tashrifi doirasida bir guruh OAV vakillari qatorida Kun.uz muxbirlari ham toshqindan talafot ko‘rgan hududlarning bugungi qiyofasi bilan tanishish uchun bordi. E'tiborimizni qo‘y boqib yurgan mo‘ysafid tortdi va nuroniy otaxonning suhbatiga oshiqdik.
– Assalomu alaykum ota, yoshingiz nechada, farzandlardan nechta?
– Men Saidazim Jumanov 77 yoshdaman. 9 farzandim – 5 qizim, 4 o‘g‘lim bor, hammasini uylab-joylaganman. Nevaralar 25 nafar, 2 chevaram ham bor. Mana shu joyni bog‘ qilib, qo‘ylarni aylantirib yuribman.
– Suv ombori sizlarga qancha masofada joylashgan? Umuman, o‘sha suv bosgan kunlari haqida hikoya qilib bersangiz.
– Sardoba suv ombori uyimizdan 5 kilometr masofada joylashgan. 1 may kuni ertalab soat 4:30da shu xabar keldi. Biz darhol qo‘ni-qo‘shnilarni ham uyg‘otib, katta yo‘l sari ketdik. Shu kuni soat 6:30da shu yerga 3 metr 20 santimetr balandlikda suv kelgan va hamma joyni bosib ketgan. Men oilam bilan Jizzax shahriga, farzandlarimdan kimdir Mirzacho‘lga, kimdir Zominga, yana kimlardir bog‘chalarda vaqtincha yashash joylariga ketishdi. 7 oila tarqalib ketdik, xullas. 23 may kuni qaytdik.
– Odamlarga zarar yetmadimi, jarohatlanganlar, halok bo‘lganlar haqida nima deysiz?
– Xudoga shukr, jarohatlanganlar yoki o‘lim holatlari bo‘lmadi. Chorvamizga zarar yetdi, o‘zimning 6 qo‘chqorim nobud bo‘ldi. Harbiylar kelib hududimizni tozalab berishdi. Bugun mana prezidentimiz kelib yangi uylarni topshiryapti, juda minnatdormiz albatta.
Abror Zohidov suhbatlashdi,
tasvirchi Nuriddin Nursaidov.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tailand Myanmada qullikdan ozod etilgan 7 ming kishini vataniga yubordi
Jahon | 20:02
-
Kichik va o‘rta biznesni rivojlantirish uchun Germaniya taraqqiyot bankidan 23,5 mln yevro kredit olinadi
Iqtisodiyot | 19:43
-
Pentagon uzoq masofaga suzishga qodir ekipajsiz suvosti kemasini yaratishni rejalashtirmoqda
Jahon | 19:41
-
Tailandda birinchi robot-politsiyachi taqdim etildi
Fan-texnika | 19:39
Mavzuga oid

23:37 / 06.05.2024
Sirdaryodagi maktabda o‘quvchilar klip tomosha qildi, sinf rahbaridan direktorgacha ishdan olindi

07:34 / 20.04.2024
Tadbirkorning 943 mln so‘mlik materiallarini o‘zlashtirgan sobiq menejer aniqlandi

23:56 / 02.05.2023
Sardoba fojiasiga 3 yil: oldini olish mumkin bo‘lgan falokat va uning oqibatlari

13:53 / 18.09.2022