Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qurilish industriyasiga mos malakali mutaxassislar tayyorlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanida barpo etilayotgan Toshkent Arxitektura-qurilish institutining yangi binosini borib ko‘rdi.
Qurilish ishlari joriy yil iyul oyida boshlangan edi. 5 qavatli ikkita o‘quv korpusi, 8 qavatli ma'muriy bino va 4 qavatli yotoqxona qad ko‘tarmoqda.
Bugungi kunda institutda 5 ming 400 dan ziyod talaba ta'lim oladi. 2020/2021 o‘quv yilidan kredit-modul tizimiga o‘tish natijasida 18 ta bakalavr ta'lim yo‘nalishi va 23 ta magistratura mutaxassisligi ochildi. Bo‘lg‘usi quruvchilarga zamonaviy bilim berish maqsadida “aqlli” uylar va shaharlar infratuzilmasini loyihalash, mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi, inshootlar zilzilabardoshligi kabi yangi yo‘nalishlar dasturga kiritildi.
Binolar foydalanishga topshirilgach, talabalarni qabul qilish qamrovi va ta'lim sifati ortadi.
«Oxirgi yillarda mamlakatimizda qurilish sohasi rivojlandi, katta-katta inshootlar, zavodlar, uylar barpo etilmoqda. Lekin kim loyiha qilyapti, kim quryapti, qanday quryapti, degan savollar ko‘ndalang turibdi. Bu yerda zamonaviy qurilish industriyasiga mos yuqori malakali mutaxassislar tayyorlanishi kerak», dedi Shavkat Mirziyoyev.

Davlat rahbari institut yonidagi 8-avtobus saroyini ham kirib ko‘rdi. Bu avtoparkni boshqa joyga ko‘chirib, zamonaviy shart-sharoitlar yaratib berish, uning o‘rnida qurilish materiallari bo‘yicha ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etish taklifi bildirildi.
«Bu hudud quruvchilar massivi bo‘lishi kerak», dedi davlat rahbari.
Arxitektura-qurilish institutining murabbiylari, ilmiy-tadqiqot markazi mutaxassislari va ularning oilalari uchun ijtimoiy obektlar ham barpo etilishi aytildi.









Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025