Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Liverpul derbisi»da jangovar durang
Angliya Premer-ligasi 5-turiga start bergan bahsda turnir peshqadami «Everton» amaldagi chempion «Liverpul»ga qarshi maydonga tushdi. «Mersisayd derbisi» kutilgan shiddatni taqdim eta oldi.

Foto: Getty Images
Uchrashuvda hisobni Mane ochgan bo‘lsa, Kin bosh bilan yo‘llangan zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 72-daqiqada Saloh mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi, 81-daqiqada esa Kelvert-Lyuin ketma-ket 5-o‘yinidagi golini kiritib, hisobni 2:2 ko‘rinishga olib keldi.
88-daqiqada Risharlison Tyagoga nisbatan ishlatgan qo‘polligi uchun maydondan chetlatilgach, 90+2-daqiqada Henderson gol urib Klopp jamoasiga g‘alaba keltirgandi, go‘yo. Ammo VAR tizimi bu vaziyatda ofsayd holatini qayd etdi. Natijada bahs jangovar 2:2 hisobi bilan yakunlandi.
Anchelotti jamoasi 13 ochko bilan 1-o‘rinda qolgan bo‘lsa, Klopp shogirdlari 10 ochko bilan hozircha 2-o‘ringa chiqib olishdi.
APL. 5-tur. 17 oktabr
Everton – Liverpul 2:2
Gollar: 0:1 – 3 Mane, 1:1 – 19 Kin, 1:2 – 72 Saloh, 2:2 – 81 Kelvert-Lyuin, 2:3 – 81
Everton – Pikford, Din, Mina, Koulmen (Godfri, 31), Kin, Andre Gomesh (Sigurdsson, 72), Dukure (Ivobi, 78), Allan, Xames, Risharlison, Kelvert-Lyuin.
Liverpul – Adrian, van Deyk (Gomes, 11), Aleksander-Arnold, Matip, Roberson, Fabino, Henderson, Mane, Tiago Alkantara, Saloh, Firmino (Diogu Jota, 78).
Ogohlantirishlar: Xames (45), Mane (67), Andre Gomesh (69), Fabino (84), Allan (84).
Chetlatish: Risharlison (88).
Mavzuga oid

17:42 / 24.05.2025
Muhammad Saloh faoliyatida ikkinchi marta APL eng yaxshi futbolchisi bo‘ldi

23:12 / 27.04.2025
«Liverpul» «Tottenhem»ni yirik hisobda mag‘lub etib, APL chempionligini qo‘lga kiritdi

13:53 / 29.08.2024
Palmerdan Meynugacha: APL klublarining «javohirlar»i

22:07 / 16.08.2024