Jahon | 11:04 / 19.10.2020
5964
2 daqiqa o‘qiladi

Aleksey Navalniy Donald Tramp u bilan bog‘liq hodisa muhokamasiga qo‘shilishi kerakligini aytdi

Rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniyning fikricha, AQSh prezidenti Donald Tramp ham u bilan bo‘lgan hodisaning muhokamasi uchun yevropalik siyosatchilar qatoriga qo‘shilishi kerak.

Foto: TASS

«Ha, men [Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalar joriy qilmaganini] sezdim. Menimcha, birinchi o‘rinda AQSh prezidenti ham 21 asrda kimyoviy qurol qo‘llanilishiga qarshi chiqishi juda muhim» – dedi Navalniy yakshanba kuni CBS telekanaliga bergan intervyusida.

Rossiyalik muxolifatchi, Korrupsiyaga qarshi kurash fond rahbari Aleksey Navalniy 20 avgust kuni Tomskdan Moskvaga qaytayotganda o‘zini yomon his qilgan va samolyot Omsk shahriga favqulodda qo‘nishga majbur bo‘lgandi. Zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan Navalniy 22 avgust kuni Germaniyadagi «Sharite» klinikasiga olib ketilgach, 7 sentyabrgacha koma holatida bo‘ldi. Keyinchalik oyoqqa turgan Navalniy o‘zining zaharlanishi shaxsan Vladimir Putinning topshirig‘i bilan amalga oshirilganini aytgan.

Yevropa ittifoqi Aleksey Navalniyning zaharlanishi ortidan rossiyalik olti nafar mansabdorga, shuningdek, Rossiya davlat kimyo va texnologiya ilmiy-tekshirish institutiga nisbatan sanksiyalar joriy qildi.

Mavzuga oid