Jamiyat | 20:00 / 19.10.2020
7511
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Toshkentdagi yirik universal go‘zallik markazi – Five roses 1 yoshda

Foto: Five roses

O‘zida ayollar uchun zamonaviy xizmat va mahsulotlarni jam qilgan Five roses universal go‘zallik markazi bir necha yo‘nalishda nozik did sohibalariga sifatli xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

Poytaxtimizda joylashgan ushbu yirik markaz 16 oktabr kuni o‘zining 1 yoshini nishonladi. Shu munosabat bilan «Five roses» go‘zallik markazida xaridorlar va mehmonlar uchun tantanali bayram tadbiri o‘tkazildi.

«Aslida Five roses go‘zallik markazimiz o‘tgan yilning 16 mart kuni ochilgan edi. Uning bir yoshini ham shu yilning mart oyida nishonlashni rejalashtirgandik. Ammo ko‘ryapsiz, pandemiya rejalashtirilgan juda ko‘p rejalarni ortga surdi yoki umuman to‘xtatib qo‘ydi. Nihoyat, bugunga kelibgina bu tadbirni tashkil qila oldik», – deydi markaz direktori Abdumajid Nurmuhammedov.

Markaz rahbari o‘tgan vaqt davomida Five roses o‘zining sifatni qadrlovchi doimiy mijozlariga ega bo‘lib borayotganini ham qo‘shimcha qildi.

«Ha, pandemiyaning har bir faoliyatga ta'siri bor, ammo markazimiz nima bo‘lgan taqdirda ham ko‘rsatiladigan xizmatlar hamda dunyoning yuksak sifatli mahsulotlari bilan go‘zal ayol-qizlarimizga xizmat ko‘rsatishda davom etadi. Shu maqsadda biz jahon miqyosida yuqori baholanuvchi turli brend firmalarning parfyumeriya, kosmetika va boshqa gigiyenik mahsulotlari, zargarlik buyumlari, ayollar sumkalari shuningdek, sifatli, bejirim hamda barcha mavsumlar uchun oyoq kiyimlarni mijozlarning manziliga yetkazib berish xizmatini ham yo‘lga qo‘ydik. Bu orqali esa ular biz uchun qanchalik qadrli ekanligini bildiramiz», – dedi u.

Universal go‘zallik markazining bir yilligi munosabati bilan tashkil qilingan bayram tadbiri davomida unga tashrif buyurgan mehmonlar va doimiy xaridorlar uchun qimmatbaho yutuqli o‘yinlar ham tashkil qilindi.

Jumladan, shu yilning 16 mart kuni soat 16:16ga qadar Five roses go‘zallik markaziga kelib, kamida 300 ming so‘mlik xaridni amalga oshirgan har bir mijozga belgilangan raqamlar orasidan lototron orqali g‘oliblar aniqlandi.

G‘oliblar iPhone 11 Pro, 5 mln so‘m pul yutug‘i yoki AirPods kabi qimmatbaho sovg‘alarni yutib olishdi.

Tashkilotchilar omadli raqam egalari bilan tadbir davomida telefon orqali bog‘lanib, qimmatbaho yutuq bilan tabriklagan holda sovg‘alarni olib ketishi mumkinligini ma'lum qilishdi.

Five roses'ning bir yoshi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirga unda ishtirok etgan estrada yulduzlari va so‘z ustalari yanada fayz kiritdi.

Ma'lumot uchun, Five roses universal go‘zallik markazi Shayxontohur tumani «Qoratosh» ko‘chasi 3B uyda faoliyat yuritmoqda.

«Five roses» xususiy korxonasiga qarashli mazkur go‘zallik markazi har qanday nozik did sohibalarining istaklariga to‘la mos keluvchi turli mahsulot va xizmatlarni o‘zida aks ettiradi. Xususan, ikki qavatdan iborat markazning birinchi qavatida turli brend firmalarning parfyumeriya, kosmetika va boshqa gigiyenik mahsulotlari, zargarlik buyumlari, ayollar sumkalari, shuningdek, sifatli, bejirim hamda barcha mavsumlar uchun oyoq kiyimlari o‘rin olgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonda kosmetik va gigiyenik mahsulotlar taklif qilayotgan turli xil do‘konlarning soni ortib borayotganiga qaramay, sifatli kosmetikani topish hamon oson emas, buning uchun mijozdan turli yo‘llar orqali izlanish talab etiladi. Five roses universal go‘zallik markazi esa nozik xilqat vakilalarining sifatli kosmetika, turli gigiyenik vositalar topish borasidagi ana shunday muammolarini to‘la hal etadi.

Sababi, mazkur markazda ayollar va qizlar uchun dekorativ kosmetika shuningdek, boshqa turdagi kosmetik vositalarning sifatli va keng assortimentlari sizga taklif etiladi.

Five roses go‘zallik markazi

Manzil: Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, «Qoratosh» ko‘chasi, 3B uy Telegram: t.me/five_roses
Instagram: instagram.com/five_roses_store
Instagram: instagram.com/five_roses_salon
Facebook: fb.com/fiverosesofficial
Telefon: +99871 2078882

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid