Toshkent shahri, Shayxontohur tumani «Qoratosh» ko‘chasida «Five roses» universal go‘zallik markazi o‘z faoliyatini boshladi.

«Five roses»  xususiy korxonasiga qarashli mazkur go‘zallik markazi har qanday nozik did sohibalarining istaklariga to‘la mos keluvchi turli mahsulot va xizmatlarni o‘zida aks ettiradi. Xususan, ikki qavatdan iborat markazning birinchi qavatida sifati jihatidan jahon miqyosida eng yuqori baholanuvchi turli brend firmalarning parfyumeriya, kosmetika va boshqa gigiyenik mahsulotlar, zargarlik buyumlari, ayollar sumkalari shuningdek, sifatli, bejirim hamda barcha mavsumlar uchun oyoq kiyimlari o‘rin olgan.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, O‘zbekistonda kosmetik va gigiyenik mahsulotlar taklif qilayotgan turli xil do‘konlarning soni ortib borayotganiga qaramay sifatli kosmetikani “topish” hamon katta mehnat va e'tiborni talab qiladi. «Five roses» universal go‘zallik markazi esa nozik xilqat vakilalarining sifatli kosmetika, turli gigiyenik vositalar topish borasidagi ana shunday muammolarini to‘la hal etadi.

Sababi, mazkur markazda ayollar va qizlar uchun dekorativ kosmetika shuningdek, boshqa turdagi kosmetik vositalarning eng sifatli va keng assortimentlari sizga taklif etiladi.

«Five roses» go‘zallik markazi mehmonlari o‘ziga mos, issiq kunlarda ham ko‘tarinki kayfiyat va yoqimli xotiralarni hadya etuvchi, atrofdagilarning g‘ashiga tegmaydigan yengil bahoriy va yoz iforini beruvchi atirlarni xarid qilishlari mumkin.