Sport | 20:25 / 20.10.2020
12999
1 daqiqa o‘qiladi

«Paxtakor» murabbiyiga Yevropadan taklif tushdi

Turkiyaning «Trabzonspor» klubi «Paxtakor» bosh murabbiyi Shota Arveladzega rasmiy taklif bilan chiqdi. Bu haqda Turkiyaning Hurriyet nashri yozmoqda. 

Manbada aytilishicha, Turkiya Superligasi 5-turida o‘z maydonida «Istanbul Bashaxshehir» klubiga mag‘lub bo‘lgan «Trabzon» rahbariyati shunday qarorga kelgan.

Klub rahbariyati angliyalik murabbiy Eddi Nyutonning ishidan qoniqmagan va 2015 yilda «Trabzonspor»da ishlagan Shota Arveladzega taklif bilan chiqqan. Hurriyet xabariga ko‘ra, Arveladze «Paxtakor»da yiliga 1,5 million yevro maosh oladi.

Ma'lumot uchun, ikki yil oldin «Paxtakor» bilan shartnoma imzolagan Shota Arveladze «Trabzonspor»da 1993-97 yillar oralig‘ida futbolchi sifatida o‘ynagan. Murabbiylik faoliyatida esa Turkiyada «Trabzon»dan tashqari, «Kayserispor» va «Qosimposhsho»da ham ishlagan.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid