Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyalik sobiq vazirdan Rossiya sud tizimi tarixidagi rekord summa undirildi
Rossiyaning Ochiq hukumat ishlari bo‘yicha sobiq vaziri Mixail Abizov va unga qarashli xorijiy kompaniyalardan bosh prokuratura da'vosi bilan 32,5 mlrd rubl undirildi. Ta'kidlanishicha, bu Rossiya sud tizimida undirilgan rekord summa hisoblanadi.
Foto: TASS
Moskvaning Gagarin tuman sudi ma'lum qilishicha, undirilgan pullar davlat foydasiga o‘tkaziladi. Prokuraturaning ta'kidlashicha, Abizov bu pullarni vazir lavozimini egallagan holda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanib, noqonuniy ishlab topgan. Jumladan, u mansabdor shaxslar uchun korrupsiyaga qarshi qonunchilik sohasida o‘rnatilgan taqiqlovlarni buzgan, offshor kompaniyalarga ega bo‘lgan, aksiyalar oldi-sotdisi bilan shug‘ullangan va o‘z mavqei hisobiga boyigan.
Ushbu summa Rossiya sud tizimi tarixida undirilgan rekord summa bo‘ldi. Ta'kidlanishicha, bungacha jinoiy yo‘l bilan topilgan va davlat foydasiga musodara qilingan mol-mulkning qiymati 10 mlrd rubldan oshmagan.
Bundan tashqari, davlat xizmatiga o‘tishdan avval Abizov egalik qilgan “Gruppa Ye4”ning bankrotga uchrashi ishi bo‘yicha hakamlik sudi kreditorlarning sobiq vazir, uning rafiqasi Yekaterina Sirotenko va “Ye4”ning sobiq prezidenti Andrey Malishevdan 34 mlrd rubldan ko‘proq pul undirish bo‘yicha bir nechta arizalarini ko‘rib chiqmoqda.
Abizovga nisbatan qo‘zg‘atilgan ishlardan biri bo‘yicha unga firibgarlik (RF Jinoyat kodeksining 159-moddasi 4-qismi) va uyushgan jinoiy guruhni tashkil etish (Jinoyat kodeksining 210-moddasi) ayblovi qo‘yilgan. U ushbu ish bo‘yicha besh nafar ayblanuvchi bilan birgalikda qator energetika kompaniyalari mablag‘larini o‘g‘irlab, chet elda joylashgan offshor kompaniyalarga olib chiqib ketishda ayblanmoqda. Bu qonunga zid harakatlardan yetkazilgan zarar 4 milliard rublni tashkil qiladi.
2019 yil avgustida esa sobiq vazirga qarshi tadbirkorlik faoliyatida noqonuniy ishtirok etish bo‘yicha ikkinchi jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Rossiya tergov qo‘mitasida ta'kidlanishicha, Abizov vazir lavozimini egallab turib, o‘ziga tegishli kompaniyalarni boshqargan va 32 mlrd rubl ishlab topgan.
Abizov o‘z aybini tan olmayapti va hozirda tergov izolyatorida qolmoqda.
Mavzuga oid
21:30 / 21.01.2026
Rossiya iqtisodiyoti migrantlarsiz yashay oladimi?
20:49 / 21.01.2026
Rossiyalik generalni o‘ldirishda ayblangan o‘zbekistonlik erkak umrbod qamaldi
15:47 / 20.01.2026
GFR hukumati: Ukrainadagi energiya ta’minoti falokatli holatga yaqin
14:58 / 20.01.2026