Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev AQSh delegatsiyasini qabul qildi
20 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatimizga amaliy tashrif bilan kelgan Amerika Qo‘shma Shtatlari Qurolli kuchlari Markaziy qo‘mondonligi qo‘mondoni general Kennet Makkenzini qabul qildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-AQSh munosabatlari va mintaqaviy kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi. Xavfsizlik va barqarorlikka tahdidlar hamda global xatarlarga qarshi kurashish mavzulariga alohida e'tibor qaratildi.

Afg‘onistonda tinchlik jarayonini qo‘llab-quvvatlash hamda ushbu mamlakatning iqtisodiy tiklanishiga amaliy ko‘mak ko‘rsatish yuzasidan fikr almashildi.
Ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlik masalalari ham ko‘rib chiqildi.
General Makkenzi O‘zbekiston Respublikasi prezidentiga uchrashuv uchun samimiy minnatdorlik bildirib, AQSh mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklikni mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni kengaytirish borasida qat'iy ekanini ta'kidladi.

Mavzuga oid
12:39 / 26.08.2025
Samarqandda Iordaniya podshohini rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi
22:39 / 25.08.2025
Iordaniya podshohi Samarqandda «Boqiy shahar» tarixiy-etnografik majmuasini tomosha qildi
21:50 / 25.08.2025
Shavkat Mirziyoyev Iordaniya podshohi bilan Samarqandning tarixiy obidalarini tomosha qildi
19:03 / 25.08.2025