Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Baydenga debatlar vaqtida bir-birining gapini bo‘lishga yo‘l berilmaydi
Foto: REUTERS / Jonathan Ernst
AQShning prezident debatlari bo‘yicha komissiyasi AQSh prezidenti saylovlariga nomzodlar – amaldagi prezident Donald Tramp va demokratlardan nomzod Jo Bayden o‘rtasida o‘zaro haqoratlashlar bilan o‘tgan birinchi teledebatlardan keyin navbatdagi debatlar uchun yangi qoidalar o‘rnatdi. Endilikda nomzodlarga debatlar vaqtida bir-birlarining gapini bo‘lishga yo‘l berilmaydi.
Komissiyaning ma'lum qilishicha, debatlar 15 daqiqalik segmentlarga bo‘lib chiqiladi. Har bir segment boshida nomzodlardan biriga nutq so‘zlash uchun 2 daqiqadan vaqt beriladi. Bunda bir nomzod gapirayotganda ikkinchi nomzodning mikrofoni o‘chirib qo‘yiladi. So‘ngra mikrofon aytilganlarni muhokama qilish uchun yoqiladi.
Avvalgidek, debatlar boshlovchisi nomzodlarga bir xil vaqt taqdim qiladi. Nomzodlardan birining ikkinchisidan “o‘g‘irlagan” vaqti ikkinchi nomzodga qaytarib beriladi.
29 sentyabrda Tramp va Bayden o‘rtasida o‘tgan birinchi debatlar o‘zaro tanqidlar va haqoratlashlar ostida o‘tgandi. Nomzodlar debatlar vaqtida tez-tez bir-birining gapini bo‘lgan va bir-birini haqoratlagan.
CNN telekanali ushbu debatlarni “yoritishiga to‘g‘ri kelgan eng yomon debatlar” deb atagan. “Bu umuman rasvo debatlar bo‘ldi. Ular saylovchilar uchun nomzodlar 4 yillik prezidentligi vaqtida nimalar qilishlari borasida hech narsani ayon qilmadi”, deb ta'kidlab o‘tilgan telekanalda.
Avvalroq Trampning saylovoldi kampaniyasi debatlarning 2-raundida Trampni raqibi Jo Baydenning gapini bo‘lmaslikka chaqirgani ma'lum qilingandi. Trampga yaqin manbalardan birining ta'kidlashicha, AQSh prezidenti debatlar vaqtida o‘z raqibi bilan osoyishta ohangda gaplashishga, uning gapini bo‘lmaslikka va ko‘proq hazillashishga urinib ko‘radi. Axios portali o‘tkazgan hisob-kitoblarga ko‘ra, Tramp 29 sentyabrda o‘tgan debatlarda 71 marta o‘z raqibining gapini bo‘lgan.
AQSh prezidenti saylovlari 3 noyabrda bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
18:10 / 29.11.2025
Tramp Baydenning avtopero bilan imzolangan farmonlarini bekor qilishini aytdi
21:32 / 11.10.2025