Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Uzbekistan Airways” o‘quv-mashq markazida “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
“Uzbekistan Airways” o‘quv-mashq markazida “Qadring baland bo‘lsin, ona tilim!” shiori ostida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinganligining 31 yilligi va “O‘zbek tili bayrami kuni”ga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Tadbirda “Uzbekistan Airways” rahbariyati va xodimlari, Toshkent aviatsiya transport prokuraturasi vakillari, Toshkent Davlat Transport universiteti o‘qituvchilari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
“Uzbekistan Airways” AJ boshqaruv raisi birinchi o‘rinbosari Umid Husanov barcha ishtirokchilarni 21 oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabriklab, o‘zbek tili bebaho ma'naviy boyligimiz ekanligini alohida ta'kidladi.

- Ona tilimiz milliy ma'naviyatimizning bitmas-tuganmas bulog‘idir. Shunday ekan, unga munosib hurmat va ehtirom ko‘rsatish barchamizning, nafaqat vazifamiz, balki muqaddas insoniy burchimizdir, - dedi u.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, shoir Bobur Bobomurod tadbirda o‘z she'rlaridan o‘qib berdi.

Shuningdek, tadbir davomida mehmonlar o‘z taqdimotlari va tayyorlangan videoroliklarini namoyish etdilar.
Mavzuga oid
08:34 / 19.05.2026
Xorijdagi yoshlar uchun xalqaro o‘zbek tili olimpiadasi tashkil etiladi
08:39 / 25.02.2026
Dehlidagi universitetda o‘zbek tili bo‘yicha 4 yillik bakalavriat ochiladi
15:48 / 12.01.2026
Aeroport, vokzal va avtostansiya nomlari davlat tili qoidalariga moslashtiriladi
21:55 / 08.01.2026