Özbek tili xalqimizning eng katta boyligi desak xato bölmaydi. Olimlarimizning aytişiça, özbek tilining ilk ildizlari eramizdan avvalgi ming yilliklarga borib taqaladi. Ayrim turkolog olimlar dunyodagi eng qadimiy yozma manbalardan biri bölgan, qadimgi şumer tilida bitilgan «Gilgameş» dostonini tahlil qilişganida unda turkiy tillar, jumladan, bugungi özbek tilida ham faol qöllab kelinayotgan 300ga yaqin söz va söz birikmalarini aniqlaşgan. Qarangki, hozirgi tilimizdagi oz, yoz, er, qiz, buz, quş, qoş singari sözlar bundan 30-40 asr ilgari ham hozirgidek körinişda bölgan ekan. Ayni paytda qadimgi şumer tili böyiça tadqiqotlar davom etmoqda.

Daniyalik olim Vilgelm Tomsen 19 asrning 90-yillarida hozirgi Möğuliston hududidan topgan ulkan harsangtoşlar sirtidagi bitiklar avvaliga turli bahs-munozaralarga sabab bölgandi. Keyin ular turkiy xalqlarning hozirgaça aniqlangan eng qadimiy yodgorliklari «Örxun bitiklari» nomi bilan dunyoga dong taratadi. Bu bitiklar 680–745 yillar orasida, Turk hoqonligining «oltin» davrida runiy alifbosida, eski turkiy (kökturk) tilda bitilgani aniqlandi. «Kultigin», «Bilga Hoqon» va «Tönyuquq» bitiktoşlaridan iborat uşbu obidalar Yer yuzidagi barça turkiy tillarning eng nodir namunasi bölsa-da, bu bitiklar uslubi, jozibasi, tiniqligi özbek tili uçun ham xosligi aniq körinadi. «Bilga hoqon bitigi»dagi «hoqonliğ budun (el) erdim, hoqonim qani?» singari iboralar tilimizning eski kökturk tiliga qançalik hamohang ekanini körsatadi.

Eski özbek tili tarixda bugungidan ham kengroq miqyosda işlatilganini bir qator tarixiy manbalar isbotlaydi. Bu til şarqda Xitoyning markaziy qismidan tortib, ğarbda Litva knyazligiga qadar, şimolda Oltin Ördadan janubda to Misrga qadar ulkan hududda muomalada bölgan.

Xitoyning Tsin imperiyasi (1644-1911) davrida Xebey viloyati hududida qurilgan Yozgi toğ saroyining darvozasida xitoy, möğul, mançjur, çiğatoy (eski özbek) va tibet tillaridagi bitiklar uçraydi. Asosiy darvoza tepasida sof turkiy tilda, nasta'liq xatida bitilgan «Ravşan: örtadagi darvoza» deb yozib qöyilgan. Olimlarning aytişiça, eski özbek tili Tsin imperiyasi davrida işlatilgan beşta muhim tildan biri bölgan.

2012 yilda Misr milliy kutubxonasida Alişer Navoiyning öğuz lahjasida bitilgan qadimiy devoni topildi. Bu Ehromlar yurtidan topilgan ilk turkiy manba emas. Ma'lumotlarga köra, buyuk özbek şoiri Sayfi Saroyi umrining oxiriga qadar Misrda yaşagan, şu yerda özining özbek tilidagi bir qator şe'r-u dostonlarini yaratgan edi:

Ösib tuproğim uzra nayzalar, men evdin ayrildim,