Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Özbek tili bayrami va özbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi bilan Özbekiston xalqini tabrikladi.

“Ma’lumki, milliy til har bir madaniy xalqning tarixi va özligini, ruhiy-ma’naviy dunyosini özida aks ettiradigan tengsiz boylikdir. Qadimiy tariximizning eng oğir va sinovli davrlarida ham bizni yagona xalq sifatida birlaştirib, azaliy qadriyatlarimizni asrlar oşa bezavol saqlab kelayotgan ona tilimizni har qança ardoqlasak, uluğlasak arziydi”, – degan davlat rahbari.

Prezident öz tabrigida köplab idoraviy hujjatlar davlat tiliga ötkazilgani, 100 mingdan ortiq geografik obektning nomi davlat reyestriga kiritilgani, hududlardagi 150 mingdan ziyod taşqi yozuvlar davlat tili va reklama töğrisidagi qonun hujjatlari talablariga muvofiqlaştirilganini qayd etgan.

“Yangi paydo bölayotgan zamonaviy tuşunçalarga nom beriş, söz va atamalarni rasmiy iste’molga kiritişni tizimli yölga qöyiş uçun Atamalar komissiyasining faoliyati tubdan takomillaştirildi, bu borada aniq ilmiy mezonlar işlab çiqildi.

Ötgan yildan e’tiboran me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini lingvistik ekspertizadan ötkaziş tizimi yaratilgani tegişli hujjatlarning davlat tili talablariga mos va uslubiy jihatdan puxta tayyorlanişiga xizmat qilmoqda.

Rahbarlik lavozimlariga nomzodlarning özbek tili böyiça bilim darajasini aniqlaş maqsadida milliy test tizimi joriy etilib, qisqa vaqt içida 3 mingdan ziyod talabgorning qariyb 1 ming 500 nafariga davlat tilini biliş böyiça sertifikatlar berildi.

Davlat tili asoslarini çuqur va atrofliça örganişni ta’minlaş uçun Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Özbek tilini rivojlantiriş jamğarmasi tomonidan 58 nomdagi qomus, luğat va qöllanmalar köp ming nusxalarda çop etildi.

Ayniqsa, keyingi yillarda özbek tilini raqamlaştiriş borasida jiddiy natijalarga erişilmoqda. Özbekça matnlarni sun’iy intellekt yordamida qayta işlaş va özbek tilida muloqot qilişga möljallangan “aqlli” dastur işlab çiqilib, “Özbek tili izohli luğati”ning veb-sayti yaratildi.

Ayni paytda özbek tilidagi matnlarni tahrir qiliş, ularni lotin va kirill yozuviga ögiriş va sözlarning luğaviy ma’nosini körsatişga möljallangan elektron dasturlar ham amaliyotda faol qöllanmoqda.

2025 yil 1 yanvardan boşlab umumta’lim maktablarida milliy sertifikatga ega bölgan özbek tili öqituvçilariga maoşining 50 foizi miqdorida oylik ustama haq tölanişi ona tilimiz fidoyilarining şarafli mehnatini rağbatlantirişga xizmat qilişi şubhasiz”, – degan Şavkat Mirziyoyev.