Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropa ittifoqi va Britaniya bundestagga qilingan kiberhujum uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritdi
Yevropa ittifoqi va Britaniya Rossiyaning Bosh razvedka boshqarmasi (GRU) maxsus xizmatining 85-bosh markazi va 2 nafar rossiyalik - Dmitriy Badin va Igor Kostyukovga qarshi sanksiyalar kiritdi. Ular 2015 yilda Germaniya bundestagiga qilingan xakerlik hujumiga aloqadorlikda ayblanmoqda.
Foto: Kommersant'
Ta'kidlanishicha, markaz tomonidan sodir etilgan kiberhujumlar Yevropa ittifoqi va unga a'zo davlatlarga katta xavf soladi. Yevropa ittifoqining sanksiyalariga qo‘shilgan Britaniya GRUning zobitlari bo‘lgan Badin va Kostyukovga o‘z hududiga kirishni taqiqlagan va ularning aktivlarini muzlatib qo‘ygan. “Britaniya Germaniya va Yevropadagi hamkorlarimiz bilan birga Rossiyadan kiberhujumlar uchun javobgar bo‘lishni talab qiladi”, deb aytgan Britaniya tashqi ishlar vaziri Dominik Raab.
Rossiya fuqarolariga bir necha kun davomida bundestag faoliyatini izdan chiqarish va bir necha deputat hamda Germaniya kansleri Angela Merkel akkauntlarini buzib kirish aybi qo‘yilmoqda. Germaniya bahordayoq ushbu hujum uchun Rossiyaga sanksiyalar kiritish bilan tahdid qilgan.
13 oktyabrda Norvegiya ham Rossiyani o‘z parlamentiga xakerlik hujumi sodir etishda ayblagan.
Mavzuga oid
20:13 / 09.02.2026
Rossiyada migrantlarni ishdan bo‘shatish qoidalari o‘zgartiriladi
15:07 / 09.02.2026
Ukrainada Rossiya Starlink’dan uzishni qanday chetlab o‘tayotgani aytildi
13:09 / 09.02.2026
Hindiston zavodlari AQSh bilan kelishuv uchun Rossiya neftidan voz kechmoqda
12:36 / 09.02.2026