Xaridlarni keyinga qoldirmang, ularni hoziroq UNIRED kartasi bilan amalga oshiring
Ko‘pincha turli tovarlar, kiyim-kechaklarni xarid qilishni maqsad qilamiz, biroq moliyaviy holatimiz ularni aynan hozir sotib olishga yo‘l qo‘ymaydi. Ana shunday vaziyatlarda UNIRED muddatli to‘lov kartasi yordamga keladi.
UNIRED nima?
Yangi UNIRED kartasi foiz va ortiqcha to‘lovlarsiz 12 oygacha bo‘lgan muddatda kerakli tovarlarni xarid qilish imkoniyatini beradi. Karta yordamida nafaqat tovarlar yoki kiyim-kechaklarni sotib olishingiz, balki orzuingizdagi sayohat uchun ham UNIRED muddatli to‘lov kartasidan foydalanishingiz mumkin.
UNIRED muddatli to‘lov kartasi xaridlarni ko‘pincha naqd pulsiz to‘lovlar yordamida amalga oshiradigan kishilar uchun yaratilgan. Xizmat ko‘rsatish shartlari va karta operatsiyalari juda oddiy va qulay.
Nima uchun aynan UNIRED?
- Ortiqcha hujjjatlar talab etilmaydi. Sizda faqat pasport va oylik ish haqi plastik kartasi bo‘lsa bas.
- Oylik daromadingizdan kelib chiqqan holda 18 million so‘mgacha pul ajratiladi.
- Ro‘yxatdan o‘tish qulay. UNIRED kartasini olish uchun www.unired.uz saytida ariza qoldirishingiz kifoya.
- Sarflangan mablag‘ni oyma-oy UNIRED kartasiga qaytarasiz. Shuningdek, mablag‘ni qaytadan sarflash imkoniyati mavjud. Ya'ni, undan 4 yil davomida foydalanasiz.
- UNIRED kartasi 500dan ortiq do‘konlar, ya'ni hamkorlarimizda 3/6/9/12 oy muddatda foizsiz va boshlang‘ich to‘lovsiz sotib olish imkonini beradi.
- Bankka ortiqcha tashrif buyurishning hojati yo‘q.
UNIRED bo‘lib to‘lash kartasi qanday ishlaydi?
Tasavvur qiling, siz bugun UNIRED kartasi bilan savdo markazida xaridni amalga oshirishga qaror qildingiz. Hamkorlarimizdan birida 700 ming so‘mlik kostyumni 9 oyga bo‘lib to‘lash sharti bilan xarid qildingiz. Boshqasidan esa 1 million 200 ming so‘mga smartfon va 500 ming so‘mga kosmetika sotib oldingiz.
Shunday qilib, umumiy hisobni to‘qqizta teng qismlarga bo‘lasiz. Keyingi oydan qarzni qoplash miqdori 266 667 so‘mni tashkil qiladi.
E'tibor bering, bularning barchasi komissiya va ortiqcha to‘lovlarsiz!
Imkoniyatdan unumli foydalana olsangiz, bo‘lib to‘lash sharti bilan qarz olish juda foydali hisoblanadi.
Ma'lumot uchun: unired.uz
Call center: 71 200 11 10
Reklama huquqi asosida