Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyoda iPhone foydalanuvchilari soni milliard nafardan oshdi
Apple kompaniyasi haqidagi ma'lumotlarni berishga ixtisoslashgan tahlilchi Nil Saybart kompaniya erishgan navbatdagi yutuq haqida ma'lum qildi: kompaniya ishlab chiqaruvchi iPhone smartfonlarining dunyodagi faol foydalanuvchilari soni oktyabrda bir milliarddan oshdi.
Foto: Engadget
Saybartning ta'kidlashicha, iPhone’ning birinchi modeli chiqqandan 13 yil o‘tib ham ushbu smartfon dunyodagi eng talabgir smartfon bo‘lib qolmoqda.
Tahlilchining ta'kidlashicha, iPhone’ning chakana savdosi u haqida to‘liq ma'lumotni bermaydi. Shu sababli kompaniya 2018 yil oxiridan savdolar haqida choraklik ma'lumotlarni taqdim qilishni to‘xtatgan.
Afsuski, Saybart dunyoda qo‘llanayotgan iPhone modellari soni bo‘yicha aniq ma'lumotlar keltirmagan. Uning ta'kidlashicha, ayni vaqtda ayfonlarning yangi foydalanuvchilari soni kamaymoqda, biroq Apple uchun asosiysi amaldagi mijozlar hisoblanadi.
Kompaniyaning avvalgi rekordi – 900 mln faol foydalanuvchi 2019 yil yanvarida qayd etilgandi. O‘shanda bu haqda kompaniyaning vitse-prezidenti va moliyaviy direktori Luka Maestri ma'lum qilgan.
Bundan tashqari, yetakchi ekspertlar kompaniyaning yangi iPhone 12 smartfonlari katta muvaffaqiyat qozonishini aytmoqdalar.
Mavzuga oid
22:08 / 24.03.2026
Apple kompaniyasi iPhone smartfonlari dizaynini keskin o‘zgartirishi kutilmoqda
08:34 / 06.03.2026
MacBook Neo - Apple’ning eng hamyonbop yangi noutbugi
21:57 / 04.03.2026
Apple eng arzon MacBook Neo noutbukini taqdim etdi
20:59 / 04.03.2026