Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Malayziyalik vazir Fransiya elchisiga imom Termiziyning «Shamoili Muhammadiya» kitobini sovg‘a qildi
Malayziya din ishlari vaziri Doktor Zulkifli Muhammad al-Bakri Fransiyaning satirik jurnali Charlie Hebdo'da Muhammad alayhissalomning karikaturasi chop etilishi yuzasidan afsusdaligini bildirdi.
U o‘zining Fransiya elchisiga yozgan maktubida musulmonlar ekstremizm va terrorizmga qarshi ekani, bunday harakatlar dunyodagi hech qaysi dinga tegishli emasligini ta'kidlagan. Bu haqda Malayziyaning New Straits Times gazetasi xabar berdi.
«Biz jamiyatning faollari sifatida bunday vaziyatga tushgan yoshlarimizga qanday yo‘l tutish kerakligini, o‘zlarining noroziliklarini tinch yo‘l bilan namoyish qilishlarini tushuntirishimiz kerak», – deydi al-Bakri.
«Biz musulmonlar noroziligimiz belgisi sifatida provokatsion karikaturalar chop etmaymiz. Biz Rasulullohning «Sizlarning yaxshilaringiz boshqalarga qo‘li va tili bilan zarar yetkazmaganidir» degan hadisini mahkam ushlaymiz», – degan u.
Shuningdek, Muhammad al-Bakri xatga ilova tarzida Muhammad alayhissalomning go‘zal xulqlari haqida bitilgan, imom at-Termiziy qalamiga mansub «Shamoili Muhammadiya» kitobini hadya qilayotganini aytib o‘tgan. Uning fikricha, bu sovg‘a Rasululloh tug‘ilgan oyda berilgani ham bejiz emas.
«Menimcha, bu Fransiya–Malayziya munosabatlarini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi», – degan Zulkifli.
Ma'lumot uchun, Termiziyning «Shamoili Muhammadiya» asari islom olamida eng ko‘p tarqalgan kitoblardan sanaladi.
Mavzuga oid
22:51 / 21.06.2026
Fransiyada jazirama issiq tufayli qizil darajadagi xavf e’lon qilindi
08:59 / 15.06.2026
Zelenskiy G7 sammitida Tramp bilan uchrashishini ma’lum qildi
20:32 / 13.06.2026
O‘zbekistonliklar uchun Fransiyada mavsumiy ish taklif etilmoqda
10:08 / 11.06.2026