Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda yangi mahallalar: ularga Sardoba toshqinidan zarar ko‘rgan 10 mingdan ortiq odam ko‘chadi
O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. U Sardobadagi texnogen falokatdan zarar ko‘rgan uchta tuman aholisi uchun qurilgan uy-joylardagi sharoit va aholining yangi uylarga ko‘chib kirish tartibi bilan tanishmoqda.

Toshqindan talafot ko‘rgan 3ta tuman: Sardoba, Mirzaobod va Oqoltin tumanlari aholisi uchun 3ta yangi mahalla qurildi. Ular Sardoba va Mirzaobod tumanlari hududida joylashgan.
Mirzaobod tumanining Yangi O‘zbekiston mahallasida 20ta ko‘p qavatli uy qurib bitkazilgan. Ular 800 xonadon uchun mo‘ljallangan.
Tumanning «Navbahor» mahallasida esa 360 xonadondan iborat 9ta ko‘p qavatli uy qurilgan.

Yana bir yangi mahalla Sardoba tumanidagi «Do‘stlik» mahallasi hisoblanadi. Uning hududida 37ta ko‘p qavatli uy joylashgan bo‘lib, 1 480 xonadonga mo‘ljallangan.
Mahallalarga ko‘chib keladigan aholi 10 mingdan ortiq. Oilalar esa 2 712tani tashkil qiladi. Yangi aholining 800dan ko‘prog‘i ishsiz fuqarolardan iborat.

Kun.uz muxbiri xabar berishicha, bosh vazir ishtirokidagi yig‘ilishda Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Nozim Husanov boshchiligidagi ishchi guruhga hududdagi ishsizlar sonini aniqlash, ularni ish bilan ta'minlash loyihalarini amalga oshirish, oilaviy tadbirkorlikni - baliqchilik, chorvachilik, parrandachilik va intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish, aholi tashkil qilgan korxonalar mahsulotlarini realizatsiya va eksport qilishga ko‘maklashish topshiriqlari berildi.
Mavzuga oid
22:53 / 13.04.2026
Rossiya O‘zbekistonga neft va gaz yetkazib berish hajmini oshirishini ma’lum qildi
21:06 / 27.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda sun’iy yo‘ldosh internetini ishga tushirishga tayyorlanmoqda
19:01 / 02.03.2026
Fors ko‘rfazi davlatlaridagi o‘zbekistonliklar evakuatsiya qilinadi
20:55 / 17.02.2026