Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aksilkorrupsiya agentligi xorijga chiqib ketgan aktivlarni qaytarish bo‘yicha Britaniya tajribasini o‘rganmoqda
28 oktabr kuni Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi va Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchixonasi noma'lum manbalardan olingan boylik va aktivlarni qaytarish mavzusida onlayn vebinar o‘tkazdi.
Agentlik vakili Obidjon Latipov o‘z feysbuk sahifasida ma'lum qilishicha, vebinarda korrupsiya sabab chet davlatlarga chiqib ketgan aktivlarni qaytarish uchun noma'lum manbalardan olingan boyliklarni aniqlash va bu jarayonda qonunchilikni qo‘llash borasida Buyuk Britaniya amaliyoti ko‘rib chiqilgan.
«Vebinarda ingliz ekspertlari Lari Day, Fiona Jakson, Jill Tomas xorijga chiqib ketgan noqonuniy aktivlarni aniqlash va qaytarish mavzusida ma'ruza qildi.

Bu borada, ayniqsa, Buyuk Britaniyadagi kelib chiqishi noma'lum bo‘lgan boyliklarga nisbatan order qo‘llash, xalqaro munosabatlarga daxldor va muzlatilgan aktivlarga arest qo‘llash, musodara qilish, aktivlarni qaytarish, moliyaviy tezkor axborotni ishlash uchun ochiq ma'lumotlar axboroti bilan ishlash masalalaridagi mavjud amaliyotga alohida e'tibor qaratildi», – deb yozadi Latipov.
Ta'kidlanishicha, tadbirda O‘zbekiston Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura va uning huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Afg‘oniston Bosh prokuraturasining tegishli boshqarmalari vakillari ham ishtirok etgan.

Qayd etilishicha, muloqot davomida tomonlar korrupsiyaga qarshi kurash masalasida va huquqni qo‘llash amaliyoti doirasida qilinadigan ishlar bo‘yicha kelishib olishgan.
Mavzuga oid
19:09 / 14.07.2026
Elektromobillarda eng ko‘p uchraydigan nosozliklar ma’lum qilindi
18:58 / 09.07.2026
McLaren afsonaviy V8 superkarining yakuniy versiyasini taqdim qildi
21:11 / 03.07.2026
Britaniyalik siyosatchilar «Masha va Ayiq» multfilmini taqiqlashga chaqirdi
20:11 / 30.06.2026