Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya prezidenti turkiy tilli davlatlar sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi
Istanbulda Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi sog‘liqni saqlash sohasida muvofiqlashtiruvchi qo‘mita yig‘ilishi doirasida tashkil etilgan muloqotlarga Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an ham tashrif buyurdi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi rahbari Furqat Sanayevning xabar berishicha, Rajab Toyyib Erdo‘g‘an turkiy tilli davlatlarning sog‘liqni saqlash vazirlari bilan uchrashdi.
Turkiya prezidenti bugungi pandemiya sharoitida davlatlar o‘rtasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, kasallikka qarshi kurashda foydalanilayotgan resurslarni birgalikda qo‘llash va pandemiyaga qarshi hamjihatlikda kurashibgina uni yengish mumkinligini alohida ta'kidladi.
Avvalroq, O‘zbekiston va Turkiya koronavirusga qarshi turk vaksinalarining uchinchi bosqich sinovlarida hamkorlik qilishi mumkin ekani xabar berilgandi.
Mavzuga oid
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026
Turkiyada deportatsiya bekor qilinmadi - rasmiy izoh
14:41 / 30.01.2026
Turkiyaga ishga chiqish osonlashadi: malaka baholash va sertifikatlash boshlanadi
23:10 / 29.01.2026