Biz xonadon eşigini taqillatganimizda içkaridan «kalit gaz hisoblagiçning ustida, bolalarim ustimdan qulflab ketişgan, özingiz oçib kiravering», degan ovoz eşitildi. Bildikki, murojaatini örgangani borganimiz — 40 yoşlardagi ayol örnidan turolmaydi. Afsuski, uning jussasini töşakda faqat xastalik emas, muammolar ham bosib yotgan ekan.

Suhbatlaşdik, garçi özi istamasa-da, jurnalistligimizga borib, isbot mustahkam bölsin, deya uni videotasvirga olişga, muammolarini kamera qarşisida aytib berişga köndirdik. Şu payt öğli — 6-sinf öquvçisi maktabdan kelib qoldi va bizga hayron qaradi, közlarida oriyat uçqunlari bor edi.

— Nega onamni kameraga olyapsizlar?! Televizorga çiqarmoqçimisizlar?! — deya şoşib söradi bolakay.

Unga tuşuntirişga harakat qildik. Biroq jajji yurakda nelar ğalayon kötarganini bir pas ötibgina tuşundik.

— Keragi yöq. Baribir bizga heç kim yordam bermaydi. Opam bilan (hududdagi eng boy tadbirkorlardan birining ismini aytdi) amakining uyiga yiğlab borganmiz, şunça boy bölsayam yordam bermagan. Men onamning televizordan yiğlab çiqişini istamayman!

Bu yerda ona dardi bilan birga bola köngli ham bor edi. Ana şu köngil tufayli hamda onaning iltimosi bilan olgan tasvirlarimizni çiqarmaydigan böldik.

Biroq eşitganlarimiz va körganlarimiz bizga tinçlik bermadi — holatni manzilsiz va nomsiz bölsa ham yoritişga qaror qildik. Sababi, şunday masalalar borki, bir inson taqdiri misolida örganasiz-u, öşa inson qalbidagi oğriqlar jamiyatga daxldor ekanligini his qilasiz. Bir insonning dardini tinglaysiz-u, bunday dard yana boşqa — yuzlab insonlarga begona emasligini sezib turasiz.

Xullas, ayol 10 yil oldin ikki bolasi bilan turmuşidan ajralgan, 8 yil oldin esa oğir xastalikka çalingan. Bugun xastalikning kuçayişi natijasida mustaqil harakatlana olmaydigan holga tuşgan. Voyaga yetmagan öğli va qizi unga qaraydi. Farzandlari maktabga ketganida esa ularni kutişga majbur.

Özimizça xayol qildik: hoynahoy, öğli va qizi maktabdan kelguniça farzandlarining istiqboli haqida xayol surib yotsa kerak, axir, ona-ku?! Ular maktabdaligida yaşirinça yiğlab olsa ham kerak: axir, ayol-ku!

Turmuşidan ajralgaç, bolalarini olib, ijarama-ijara yaşagan. 2018 yilda unga boşlanğiç badali tölangan holda namunaviy loyihalar asosida qurilgan 3 xonali uylardan biri berilgan.

Uyning oylik tölovlarini amallab tölab kelgan. Ammo poliartrit tufayli böğinlarida harakat yöqolib, örnidan turolmay qolgaç, daromadsiz qoladi. Şu tobda uning har oyda 2-3 mln söm dori-darmonga ehtiyoji bor. Şifokorlar operatsiya buyurişganda mablaği yöqligi sabab qarz olib operatsiya qildirgan. Şunday qilib, bir tomonda rözğor, boşqa tomonda uyning tölovi, oylik kommunal tölovlar, dori-darmon, qarz — ya'ni, muammolar girdobi.