Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Izmirdagi zilzila vaqtida qulagan uylar qurilishiga aloqador 9 kishi hibsga olindi
Turkiyaning Izmir viloyatida kuchli zilziladan keyin qulab tushgan uylarning qurilishiga aloqador 9 kishi hibsga olindi. Ularning hibsga olinishiga orderni Izmir prokuraturasi bergan.
Bundan tashqari, yana ikki gumonlanuvchi qidirilmoqda. Ta'kidlanishicha, hibsga olinganlar orasida qurilish kompaniyasi pudratchilari hamda qurilish loyihalarining texnik ekspertizasini o‘tkazuvchi mutaxassislar bor.
Avvalroq Turkiyaning shaharsozlik va atrof-muhit vaziri Murod Kurum Izmirdagi zilzila vaqtida 41ta bino to‘liq vayron bo‘lganini, mingdan ko‘proq binoga qisman zarar yetganini ma'lum qilgan.
30 oktyabrda Egey dengizida yuz bergan 6,9 magnitudali zilzila oqibatida Izmirda 90dan ko‘proq kishi halok bo‘ldi, 900dan ko‘proq kishi jarohat oldi.
Mavzuga oid
14:07 / 23.03.2026
Izmirda 4-qavatdan tushib ketgan 22 yoshli o‘zbekistonlik ayol vafot etdi
10:13 / 17.03.2026
Turkiyada o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi
16:15 / 01.02.2026
Turkiyada avtobus ag‘darilishi oqibatida 8 kishi halok bo‘ldi
09:03 / 31.01.2026