Turkiyaning Izmir şahrida Özbekiston fuqarosi, 22 yoşli Sevdora Hakimjonova özi yaşaydigan köp qavatli uyning törtinçi qavatidan tuşib ketdi, deb xabar bermoqda Özbekistonning Istanbul şahridagi Boş konsulxona.
Hozirda u davlat şifoxonasida davolanmoqda. Şifokorlarning ma’lumotiga köra, uning ahvoli oğir.
«Hakimjonova Turkiya fuqarosi bölgan şaxs bilan imom nikohi asosida turmuş qurgan, biroq uşbu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Ma’lumotlarga köra, nikoh marosimi Namangan viloyati Çust tumanida ötkazilgan», – deyiladi xabarda.
Keyinçalik ular Izmirga kelib, kuyovning yaqin qarindoşlari bilan bir xonadonda yaşab kelgan. Qayd etilişiça, turmuş örtoği ham Hakimjonova kabi eşitiş va nutqida nuqsoni bölgan şaxs hisoblanadi.
Holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan jinoiy iş qözğatilgan. Voqeaning barça tafsilotlarini aniqlaş maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.
Töplangan materiallar tegişli tartibda prokuratura organlari tomonidan körib çiqilmoqda.
Vaziyat Boş konsulxona nazoratiga olingan.












