Anelli darhol qayta qurişga start berdi. Eng katta özgarişlardan biri Beppe Marottaning kelişi bölgandi. 2010 yilning oktabr oyida u «Yuventus» boş direktoriga aylandi, 2011 yilning yozida esa Turinga çempionlik qaytdi. Hozirgaça çiqib ketgani yöq.
Marotta Konteni taklif qildi, Pirlo va Vidalni sotib oldi. Ilk mavsumdayoq, «Yuve» mavsumni mağlubiyatsiz yakunladi. Yozda Pol Pogba tekinga qölga kiritildi. Marottaning prinsipi şu edi – minimum xarajatlar va aniq nişonga uriladigan transfer maqsadlari. Şu tariqa, klub rivojlanib bordi, Italiyada birinçilardan bölib, brend sifatida özini qoplaşni boşladi. «Bizga revolyutsiya emas, evolyutsiya kerak» – bu Beppe Morattaning sevimli iqtiboslaridan biri.

Öninçi yillarning örtalariga kelib esa «Yuventus» endi Yevropaning Top-3 jamoalaridan biriga aylandi – uç yilda ikki marta Yevropa Çempionlar Ligasi finaliga çiqdi. Şundan söng, ya'ni 2017-18 yillardan boşlab esa klub yana özgara boşladi – endi boşqa yönalişda.
«Klub katta bölib ketdi»
Anelli şu qarorga keldi: klub nafaqat Çempionlar Ligasi finallarida öynaşi, balki kompaniya sifatida ham kengayişi, çinakamiga katta klubga aylanişi va pul olib kelişi kerak. Avval, klub emblemasining öziga xos tarzda özgartirilişi, keyinçalik, libosdagi an'anaviy «yöl-yöl»lardan voz keçilişi, stadion nomi sotilişi bilan davom etdi.
Yana bir muhim qadam – Kriştianu Ronalduning transferi. Bu nafaqat katta marketing yurişi, balki butun Yevropaga «biz kimni istasak, sotib olamiz» şaklidagi bayonot edi. Yakunda Marotta bilan ham xayrlaşildi – endi klubga foydali transferlar, pulni iqtisod qiliş va natijalarga yönaliş oliş şart emas.
Marotta ketişidan beş kun oldin u FIFA talqiniga köra eng yaxşi menejyer sifatida e'tirof etilgandi. «Biz Anelli bilan kelişa olmay qoldik. U oxirgi sakkiz yilda klubning ösişi bilan şuğullandi. Balkim endi «Yuventus» haddan taşqari ösib ketgandir», dedi Beppe ketar çoğida.
Haqiqatan ham sönggi yillarda «Yuventus» eng tijoriy klublardan biriga aylanib bormoqda. Rasmiy saytlarda, bayonotlarda biz «Yuventus – bu biznes» qabilidagi iqtiboslarni köp körmoqdamiz. Marotta ham albatta, klubga pul olib kelar, uni rivojlantirardi, ammo hammasi futbol öyinining içkarisida röy berardi: foydali transferlar, maqsadli va rejalaştirilgan xarajatlar orqali. Endi bu klub uçun kam bölib qoldi, «Yuventus» endi Vudvordning «Mançester Yunayted»i tomon harakatlanayotgandek.















