YuVeNTUS – LATsIO (19 oktyabr, 23:45)

«Yuventus» Çempionlar Ligasida ança işonçli va sermahsul öyin körsatayotgan bölsa-da, Italiya çempionatida biroz teskari. Motta şogirdlari 7 öyinda atigi 10 gol urişdi xolos – peşqadam jamoa uçun juda kam. Şu bilan birga himoyadagi işonçli öyinni ham qayd etiş kerak – «Yuventus» nafaqat Italiya, umuman Yevropada eng kam gol ötkazgan jamoa bölib turibdi. Şu paytgaça faqat 7-turga kelibgina «Yuventus» öz darvozasidan gol ötkazib yubordi. U ham penaltidan urildi. Jamoaning ayni paytda «Napoli»dan atigi 3 oçko kam jamğargani holda 3-örinda borayotgani ham aynan himoyadagi öyinning samarasi deb ham bemalol aytiş mumkin. Zero, kuçliroq raqiblarga qarşi hozirça turinliklar yetarliça işonçli emas – «Roma» bilan ham, «Napoli» öz maydonida golsiz durang qayd etildi.

Lekin «Latsio» bilan öyinlar golsiz ötişiga işoniş qiyin. Jamoa iştirokidagi 7 öyinda jami 25 gol urilgan. Faqat «Atalanta»ning bu boradagi körsatkiçi «Latsio»dan köproq xolos. Rimliklar gol uriş böyiça ligada 3-körsatkiçni qayd etayotgan bölişsa-da, himoyada savollar bor – Italiyada 12 jamoa «Latsio»dan kamroq gol ötkazişni uddalay olgan. Demak, hujumkor, ammo himoyada mukammal bölmagan raqibga qarşi «Yuventus»ning öyini har tomonlama qiziqarli bölişi şubhasiz. «Latsio»hisobida ham xuddi «Yuventus» kabi 13 oçko borligini, ğalaba rimliklarni ham deyarli peşqadamga aylantirişini ta’kidlaş lozim. Barça musobaqalarda 4 öyindan beri faqat ğalaba qozonib kelayotgan «Latsio» «Yuventus»ning uşbu mavsumdagi mağlubiyatsiz seriyasiga çek qöya oladimi?

Sönggi yillarda özaro öyinlarda maydon egalari bölgan jamoaning qöli baland kelmoqda. «Latsio» oxirgi marta Turindan ikki yil oldin bir oçko olib ketgan. Oxirgi ğalaba esa, 2017 yilda sodir bölgan edi. Ammo rimliklarning oxirgi safar öyini aynan Turinda ğalaba bilan yakunlanganini ham aytib ketiş kerak. Ikki tur oldin Marko Baroni şogirdlari «Torino» ustidan safarda ustun kelgandi.

Jarohatlar borasida «Yuventus»da muammolar yetarli. Niko Gonsales, Korminers, Makkenilarda jarohat bor, Bremer deyarli butun mavsumga safdan çiqqan. Konsensau esa, «Kalyari» qarşi durang bölgan öyinning oxirida hakam tomonidan maydondan çetlatilgandi.

BAVARIYa – ŞTUTGART (19 oktyabr, 21:30)

Kompanining murabbiylik faoliyatidagi eng mas’uliyatli palla boşlandi deb bemalol aytiş mumkin. Uning qöl ostida «Bavariya» juda yaxşi boşladi, agar örtoqlik öyinlarini ham qöşsa, qatorasiga 10 uçraşuvni ğalaba bilan yakunladi. Eng çöqqi esa sönggi öyinlarda sodir böldi – jamoa qatorasiga uç öyinni 6:1, 9:2 va 5:0 hisobida yakunladi va töxtatib bölmaydigan maşinaga aylangandek edi. Ammo keyingi uç öyin aslida yetarliça muammo borligini ham körsatib qöydi. Sönggi raqiblar ança kuçli ekanini e’tiborga olsak, bu «Bavariya»dagi şunçaki pasayiş emas, demak kuçliroq raqiblarga qarşi hali Kompanida muammolar yöq emas. Dastlab «Bayyer» bilan durang, keyin Berminhemda mağlubiyat, ötgan turda esa Frankfurtdagi bahsda 3:3 hisobi qayd etildi.