O‘zbekiston | 16:10 / 03.11.2020
7977
1 daqiqa o‘qiladi

Shavkat Mirziyoyev Xitoydagi eng yirik ko‘rgazma ochilish marosimida nutq so‘zlaydi

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Tszinpinning taklifiga binoan 4 noyabr kuni Shanxay shahrida bo‘lib o‘tadigan Import mahsulotlari uchinchi Xitoy xalqaro ko‘rgazmasining ochilish marosimi ishtirokchilariga videoaloqa orqali tabrik so‘zi yo‘llaydi. 

«Davlatimiz rahbari o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirishning eng muhim jihatlari hamda koronavirus pandemiyasi keltirib chiqargan inqirozli holatlarni birgalikda yengib o‘tish choralariga to‘xtaladi», deyiladi prezident matbuot xizmati xabarida.

Tadbirda qator xorijiy mamlakatlar davlat va hukumat rahbarlari ham tabrik so‘zi bilan chiqishi kutilmoqda.

Mavzuga oid