Prezident “Özbekiston Respublikasi Davlat soliq qömitasi huzurida Fiskal institutni taşkil etiş töğrisida”gi qarorni imzoladi. Hujjat matni ÖzA tomonidan e'lon qilindi.

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Malaka oşiriş markazi negizida Davlat soliq qömitasi huzurida Fiskal institut taşkil etildi.

Institutda kadrlar tayyorlaş tizimini rivojlantirişning ustuvor yönalişlari sifatida quyidagilar belgilandi:

soliqqa tortiş va moliyaviy nazorat sohalari uçun bakalavriat va magistratura yönalişlari böyiça kadrlarni kredit-modul tizimi asosida tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş işlarini takomillaştiriş;

kadrlar tayyorlaş borasida xorijiy davlatlarning soliq organlari va öquv muassasalari bilan tajriba almaşişni kengaytiriş hamda qöşma ta'lim dasturlarini amalga oşiriş, öquv-ta'lim jarayoniga xorijiy olimlar va mutaxassislarni faol jalb qiliş;

budjet daromadlarini şakllantirişda davlat manfaatlarini hamda soliq tölovçilarning huquqlarini ta'minlay oladigan kadrlarni tarbiyalaş;

soliq organlari uçun ilğor axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va avtomatlaştirilgan tahlil uslublari bilan işlaş könikmasiga ega bölgan mutaxassislar tayyorlaş tizimini yölga qöyiş;

soliqqa tortiş hamda moliyaviy nazorat sohalarida amaliy va fundamental ilmiy tadqiqotlar olib boriş natijasida innovatsion loyihalarni joriy etişni kengaytiriş;

malakali kadrlar tayyorlaşni buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotning zamonaviy usullari, xalqaro soliqqa tortiş, transfert narxlarni belgilaş, tavakkalçiliklarni tahlil qiliş, biznes-tahlil texnologiyalari (Business Intellegence) va soliq ma'muriyatçiligida ilğor axborot texnologiyalarini (Big Data) qöllaş asosida taşkil etiş;

öquv jarayonida öqitişning zamonaviy şakl va metodlari, şu jumladan, pedagogik va axborot texnologiyalarini, masofaviy ta'limni, öqitiş va treninglarni interfaol hamda muammoli-vaziyatli uslublarini keng joriy etiş, talaba, tinglovçi va pedagog kadrlarning global axborot-huquqiy hamda ta'lim resurslaridan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş.

Belgilab qöyilişiça, Institut:

soliqlar va soliqqa tortiş sohasi uçun oliy ma'lumotli mutaxassislar va ilmiy kadrlarni tayyorlaş, qayta tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş böyiça tayanç oliy ta'lim muassasasi;

moliyaviy nazorat va audit hamda soliq, moliya va tijorat huquqi, şuningdek, iqtisodiyotda axborot texnologiyalari sohalarida kadrlar tayyorlaş va yuqori darajada fundamental hamda ilmiy-amaliy tadqiqotlar olib borilişini ta'minlaydigan oliy ta'lim muassasasi hisoblanadi.

Davlat soliq qömitasi, Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligining 2020/2021 öquv yilidan boşlab Farğona va Toşkent soliq kollejlarini Institut huzuridagi Farğona va Toşkent soliq texnikumlari etib qayta taşkil qiliş töğrisidagi taklifiga rozilik berildi.

Davlat soliq qömitasi huzuridagi Malaka oşiriş markazining Toşkent şahar, Uçtepa tumani Kiçik halqa yöli, 3-uydagi binolari Institutga operativ boşqariş huquqi asosida beriladi.