Davlat soliq qömitasi bank kartasidan kartaga (P2P) pul ötkazmalari uçun soliq joriy etilgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlarni rad qildi.
«Soliq kodeksi 378-moddasiga binoan, jismoniy şaxslarning boşqa jismoniy şaxsdan meros yoki hadya tartibida, şuningdek tekinga olgan pul şaklidagi daromadlari soliqqa tortilmaydi», deyiladi xabarda.
Şu asosda jismoniy şaxsdan boşqa jismoniy şaxsga pul ötkaziş (P2P) operatsiyalari soliqqa tortilmaydi.

13 aprel kuni soliq qömitasi va bank vakillari bilan P2P ötkazmalari uçun hisobvaraq-faktura rasmiylaştiriş masalalari muhokama qilingan.
2023 yil 1 maydan jismoniy şaxslar örtasida pul ötkazmalarini amalga oşiruvçi taşkilotlar körsatilgan xizmatlar uçun komissiya olinişidan qat’i nazar, elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylaştirişlari va taqdim etişlari belgilangan.
Qayd etilişiça, uçraşuv axborot almaşinuvini tartibga soliş va texnik integratsiyani soddalaştiriş maqsadida taşkil etilgan.
Uçraşuvda jismoniy şaxsdan jismoniy şaxsga pul ötkazilganda soliq munosabatlari yuzaga kelmasligi va jismoniy şaxslarda soliq tölaş majburiyatlari paydo bölişidan xavotirlaniş asossiz ekani aytilgan.

















