2022 yil 22 iyul kuni Davlat soliq qömitasi rahbariyati tadbirkorlar va işbilarmonlar bilan uçraşdi. Unda 200 nafarga yaqin tadbirkor iştirok etdi. Ikki yarim soatdan ortiq vaqt davom etgan uçraşuvda bir tomonlama EHF, onlayn-NKMlardan foydalaniş, çeklarni tahrirlaş, tadbirkorlik sub’yektlarini davlat röyxatidan ötkaziş, QQS guvohnomasining amal qilişini töxtatib turiş, yer va mol-mulk soliği, ortiqça tölangan soliqlarni qaytariş, inkasso topşiriqnomalari, şuningdek, soliq organlari bilan qayta aloqa kabi tadbirkorlar tomonidan kötarilgan masalalar muhokama qilindi.

Uçraşuv murojaatlar yeçimi yuzasidan dastlabki natijalar
“PLUS PROMOTION” MÇJ tomonidan yöllangan QQS summasini tezlaştirilgan tartibda qaytariş böyiça murojaat ijobiy hal etildi. Murojaat QQS zanjiridagi soliq uzilişlarini real vaqt rejimida tekşiriş imkonini beruvçi avtomatlaştirilgan tizim yordamida örganib çiqildi va korxona tomonidan hisobga olingan 1,1 mlrd söm QQS summasi qaytarildi.


Şuningdek, “MONOLITH ASIA” MÇJning ayni mazmundagi murojaati ham öz yeçimini topdi. Korxonaga 1,6 mlrd söm miqdoridagi QQS summasi qaytarildi.
Toşkent şahar madaniyat boş boşqarmasi yuridik manzili Mirzo Uluğbek tumanidan Mirobod tumaniga özgargan bölsa-da, JŞODS va ijtimoiy soliq tölovlari Mirzo Uluğbek tumaniga tölab kelingan.


Natijada, Mirobod tumanida korxonaning 108 mln söm qarzdorligi hosil bölgan va 2,1 mln söm penya hisoblangan. Tölangan soliqlar Mirobod tumanidagi şaxsiy hisobvaraqlariga ötkazilib, hisoblangan penyalar bartaraf etildi.
DSQ raisi uçraşuvda tadbirkorlar tomonidan kötarilgan muammolarni qisqa muddatda hal etiş yuzasidan mutasaddilarga tegişli topşiriqlar berib, bunday uçraşuvlarning muntazam taşkil etilişi soliq tölovçilar bilan samarali konstruktiv muloqot örnatiş imkonini berayotganini ta’kidladi.













