Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an liraning qadrsizlanishi ortidan Markaziy bank rahbarini ishdan oldi
Turkiya Prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an mamlakat Markaziy banki boshlig‘i Murat Uysalni ishdan oldi. Bu haqda prezident qaroriga asoslanib HaberTurk nashri ma'lum qildi.
Uysal Turkiya Markaziy Bankini 2019 yil iyul oyidan buyon boshqarib kelayotgan edi. Uning o‘rniga sobiq Moliya vaziri Nachi Abgal tayinlandi. Tayinlovga qadar Nachi prezident administratsiyasining strategik va budjet boshqaruvi raisi lavozimida ishlagan.
Ma'lum qilinishicha, Markaziy bank boshqaruvchisining ishdan olinishi milliy valuta kursining pasayishi fonida sodir bo‘lgan. Ushbu hafta boshida turk lirasining kursi rekord darajada pasayib, 1 AQSh dollari 8,44 liragacha tushib ketdi.
Bloomberg nashrining yozishicha, turk lirasining keskin pasayishi oxirgi o‘n kunlikda sodir bo‘lgan, yil davomida esa lira AQSh dollariga nisbatan 30 foiz massasini yo‘qotgan.
Moliyaviy masalalarni yorituvchi yana bir yirik nashr Financial Times esa bu yilda Turkiyaning asosiy stavkalari 24 foizdan 8,25 foizgacha pasayganini ma'lum qilgan.
Mavzuga oid
12:39 / 27.06.2025
Erdo‘g‘an: Tramp Turkiyada Putin bilan uchrashishga tayyor
08:17 / 23.06.2025
Erdo‘g‘an: Netanyahuning G‘azodagi genotsiddan e’tiborni chalg‘itishiga yo‘l qo‘yish kerak emas
09:48 / 17.06.2025
Erdo‘g‘an: Qisqa vaqtda hech kim bizga qarshi chiqishga jur’at etolmaydigan darajaga chiqamiz
11:51 / 30.05.2025