Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shomurodov «Roma»ga qarshi uchrashuvda «Jyenoa»ga yordam bera olmaydi. Eldorning safga qachon qaytishi ma'lum
Italiya A Seriyasi 7-turi doirasida «Jyenoa» klubi o‘z maydonida «Roma»ni qabul qiladi.
Foto: Getty Images
Genuyada o‘tadigan uchrashuv oldidan mezbon klub matbuot xizmati «Jyenoa» tarkibini e'lon qildi va bu safar ham Eldor Shomurodov qaydnomadan o‘rin olmagan.
«TuttoFantacalcio»ning yozishicha, Eldor Shomurodov oyoq mushaklaridagi jarohat sababli ketma-ket 3-o‘yinda - «Roma»ga qarshi bahsda ham maydonga tusha olmaydi. Futbolchi tiklanish jarayonini o‘tkazmoqda.
Qayd etilishicha, o‘zbekistonlik hujumchi FIFA kunlari bois yuzaga keladigan tanaffusdan keyin «Jyenoa» asosiy tarkibiga qaytadi. Eldor Shomurodovdan tashqari klub himoyachisi Davide Dzapakostada ham jarohat bor.
Ma'lumot uchun, «Jyenoa» klubi bugun, 8 noyabr kuni «Roma»ga qarshi maydonga tushadi. Bahs soat 19:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, Shomurodov O‘zbekiston milliy jamoasining BAAda o‘tkaziladigan bu safargi yig‘iniga chaqirilmagan.
Mavzuga oid
19:06 / 08.02.2026
Fayzullayevning assisti va Shomurodovning goli "Istanbul Boshoqshehir"ga g‘alaba keltirdi
12:17 / 01.02.2026
Shomurodovda yana gol, London derbisida mojaro, Salohda rekord. Kun o‘yinlari
18:25 / 30.01.2026
Shomurodov va Kapadze O‘FA tomonidan yilning eng yaxshilari qatoriga kiritildi
18:34 / 14.01.2026