Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada mehnat migrantlari uchun kvotalar keskin qisqartirildi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinning buyrug‘i bilan 2021 yilda chet elliklar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga Rossiyada vaqtincha yashash uchun 39 325ta ruxsatnoma berish kvotasi belgilandi. Hujjat huquqiy ma'lumotlar veb-saytida e'lon qilindi.
Bu joriy yilda belgilanganidan uchdan bir qismga kam. Hujjatga ilovada kvotalar mintaqalar bo‘yicha taqsimlab qo‘yilgan.
Ruxsatnomalarning aksariyati Moskva viloyati tomonidan olingan - 2500, Moskva - 2000 va Sankt-Peterburg - 1200. Belgorod, Tula, Rostov viloyatlari va Stavropol o‘lkasining har biri 1000 nafardan muhojirni qabul qilishi mumkin.
Ochiq manbalardan olingan ma'lumotlarga ko‘ra, 2020 yilda 60 270ta, 2019 yilda 83 480ta, 2018 yilda esa 90 360ta ruxsatnoma uchun kvota ajratilgan.
Avvalroq, Rossiya Ichki ishlar vazirligi sentabr oyidagi ma'lumotlariga ko‘ra ushbu davlatda mehnat muhojirlari soni yillik hisobda deyarli to‘rtdan bir qismga kamaygani va 1,8 million kishini tashkil etgani ma'lum bo‘lgandi.
Mavzuga oid
10:35 / 04.07.2026
Rossiyada safarbar etilganlar uchun tibbiy ko‘rik tartibi o‘zgarishi mumkin
09:50 / 04.07.2026
Sumidagi hujumda besh yoshli qizaloq va onasi halok bo‘ldi
21:48 / 03.07.2026
Ukraina Rossiyani tinchlikka majburlash operatsiyasini boshladi - NYT
21:11 / 03.07.2026