O‘zbekiston Tailandga dukkakli don mahsulotlari eksportini yo‘lga qo‘ydi
O‘zbekiston kompaniyasi Tailandga 2020 yil oxiriga qadar 1 million AQSh dollarga teng qiymatli dukkakli ekinlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
O‘zbekistonning meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiluvchisi – «Global Export» kompaniyasi birinchi marta Tailandga 2020 yil oxiriga qadar 1 million AQSh dollarga teng qiymatda dukkakli ekinlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda «Dunyo» AA muxbiri.
Ta'kidlanishicha, joriy yil noyabr oyining birinchi yarmida 260 ming dollar miqdorda belgilangan mahsulotlar eksporti amalga oshirildi.
«Yilning oxiriga qadar shartnomaning to‘la hajmda bajarilishi kutilmoqda. Tomonlar 2021 yilgi hosildan 1000 tonnagacha mahsulot yetkazib berish bo‘yicha yangi bitimni imzolashga tayyorligini bildirdi», — deyiladi «Dunyo» xabarida
Avvalroq, jami 13 gektar maydonda joylashgan va nafaqat Britaniya, balki butun Yevropada qishloq xo‘jaligi mahsulotlarining ulgurji savdo markazi bo‘lgan «New Spitalfields Market» bozoriga 20 tonna O‘zbekistonda yetishtirilgan «torpedo» navli qovun yetkazib berilgani xabar qilingandi.
Shu yil kuzdan AQShga 10 turdagi o‘zbek qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksport qilinishi boshlangandi.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024