Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kichik asteroid Yer yonidan rekord darajada yaqin masofada uchib o‘tgani ma'lum qilindi
13 noyabrda kichik o‘lchamli asteroid Yer yonidan rekord darajada yaqin masofada uchib o‘tdi. Samo jismi sayyoramiz yonidan Xalqaro koinot stansiyasi joylashgan orbitadan ham pastroq balandlikda uchib o‘tgan.
Ushbu masofa bor-yo‘g‘i 373 kmni tashkil qilgan. Xalqaro koinot stansiyasi harakatlanadigan orbita balandligi esa 410 kmni tashkil qiladi.
N+1 nashrining yozishicha, 2020 VT4 deb nomlangan asteroid 14 noyabrda Havayidagi ATLAS tizimi teleskoplari yordamida qayd qilingan. Uning o‘lchami 5-10 metrni tashkil qiladi.
Newly-discovered asteroid A10sHcN approached Earth yesterday, passing only a few hundred miles above the South Pacific Ocean. This encounter shortened its orbit, ensuring that this Earth-crosser will make more frequent close approaches.https://t.co/TmkzojIzPf pic.twitter.com/XrnKiiGTyJ
— Tony Dunn (@tony873004) November 14, 2020
Olingan ma'lumotlarni o‘rganish asteroidning birinchi suratlari u Yerga yaqinlashgandan 15 soat o‘tib olinganini ko‘rsatgan. Asteroid sayyoramiz yonidan eng minimal masofada Toshkent vaqti bilan 13 noyabr soat 22:20da uchib o‘tgan. Bu vaqtda samo jismi Tinch okeanining janubiy qismi ustidan o‘tgan va Yerdan +3 yulduz kattaligidagi mitti nuqta kabi ko‘ringan.
Samo jismlarining Yer yonidan minimal uzoqlikda uchib o‘tishi bo‘yicha avvalgi rekord 2020 yil avgustida qayd qilingandi. O‘shanda diametri 3-6 metrni tashkil qiluvchi 2020 QG asteroidi sayyoramiz yonidan 3 ming km narida uchib o‘tgan. Mutaxassislarning ta'kidlashicha, ushbu ikki asteroid ham Yerga ziyon yetkaza olmasdi, chunki bunday kichik o‘lchamlar bilan ular atmosferada yonib ketgan bo‘lardi.
Astronomlarning ta'kidlashicha, 2020 VT4’ning Yerga yaqinlashishi uning orbitasiga ta'sir ko‘rsatgan. Yerning tortish kuchi ta'siri ostida asteroid Quyosh atrofidagi 549 kunlik orbitadan 315 kunlik orbitaga o‘tgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu asteroid Yer yonidan kelasi safar 2052 yil noyabrida 3 mln kilometr narida uchib o‘tadi.
Mavzuga oid
08:47 / 07.04.2026
“Orion” kemasi Yerdan 407 ming kilometr uzoqlashdi
07:39 / 16.02.2026
Yerning yashirin geografiyasi: botanik qit’alar
07:15 / 22.11.2025
Yerdan tashqari okeanlar: Quyosh tizimida suvning asosiy zaxirasi qayerda?
07:16 / 20.11.2025