Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugandada muxolifatchining hibsga olinishidan keyin yuz bergan tartibsizliklarda 37 kishi halok bo‘ldi
Ugandada muxolifatchi siyosatchi va mamlakatda o‘tadigan prezident saylovlariga nomzod, Bobi Vayn nomi bilan ma'lum bo‘lgan musiqachi Robert Kiagulanu Ssentamuning hibsga olinishiga qarshi noroziliklar ishtirokchilari va politsiya o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda 37 kishi halok bo‘ldi.
Ugandaning Daily Monitor nashrining xabar berishicha, tartibsizliklar vaqtida politsiya tomonidan 800dan ko‘proq kishi hibsga olingan.
Bobi Vayn 18 noyabrda mamlakat sharqida saylovoldi safari vaqtida hibsga olingan. U Masaka shahrida ommaviy miting o‘tkazishni rejalashtirgan, biroq koronavirusga qarshi kurash me'yorlarini buzgani uchun panjara ortiga jo‘natilgan. Vaynning hibsga olingani haqidagi xabar uning tarafdorlarining Ugandaning bir qator yirik shaharlari, jumladan poytaxt Kampala ko‘chalariga chiqishiga sabab bo‘lgan. Barcha yerda shovqin-suronli namoyishlar o‘tgan va ular politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketgan. Reuters axborot agentligining xabar berishicha, politsiya namoyishchilarni tarqatish vaqtida jangovar o‘qlar, ko‘zni yoshlatuvchi gaz va suvpurkagichlar qo‘llagan. Mamlakatning bir qator hududlarida tartibsizliklar 2 kun davom etgan.
20 noyabrda Bobi Vayn sud oldida javob berishni boshlaydi. Uganda prezidenti Yoveri Kagutu Museveni tartibsizliklar ortida mamlakatni barqarorsizlantirishni maqsad qilgan tashqi kuchlar turganini aytgan. “Ular saylovlar o‘tkazilishiga yo‘l bermaslik maqsadida zo‘ravonlik to‘lqinini ko‘tarmoqchi bo‘lishmoqda”, deb aytgan Uganda prezidenti.
Uganda saylov komissiyasi 3 noyabrda Bobi Vaynni 2021 yil 14 yanvarda o‘tadigan prezident saylovlariga nomzod sifatida ro‘yxatga olgan. Prezident lavozimiga 10 kishi, jumladan amaldagi prezident da'vogarlik qilmoqda.
Mavzuga oid
22:58 / 12.04.2026
Uganda armiyasi rahbari Turkiyadan bir milliard dollar va “eng go‘zal ayol”ni berishini talab qildi
20:05 / 04.05.2025
BMT sudyasi qullik mehnatiga majburlagani uchun 6 yilga qamaldi
20:58 / 14.03.2025
Britaniya sudi BMT sudyasini qullik mehnatidan foydalanishda aybdor deb topdi
18:22 / 28.11.2024