Hakerlar Uganda Markaziy bankidan 16,8 million dollar öğirladi, deb xabar beradi Reuters.

Qayd etilişiça, hakerlar Uganda bankining IT-tizimlariga kirişga muvaffaq bölgan va joriy oy boşida noqonuniy ravişda mablağlarni ötkazib olgan.

Janubi-şarqiy Osiyodan bölgan hakerlar guruhi qölga kiritilgan mablağlarning bir qismini Yaponiyaga ötkazgan. Gazetaning ta’kidlaşiça, mamlakat Markaziy banki öğirlangan mablağlarning yarmini qaytarişga erişgan. Uganda prezidenti Yoveri Museveni yaxşilab tergov ötkaziş böyiça topşiriq berdi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning aprelida Infinbank, Asakabank va Anorbankdan hakerlik hujumlari natijasida jami 7 million dollarga yaqin pul öğirlangan bölişi mumkinligi töğrisida xabar berilgandi.

Noyabr oyida esa bir qança Özbekiston fuqarolarining bank kartalaridan katta miqdorda pul yeçib olingani ma’lum bölgan edi. Noma’lum şaxslar SMS-kodlar himoyasini çetlab ötgan. Mazkur hakerlik hujumi natijasida kamida 16 kişi jabr körgan, ularga yetkazilgan zarar miqdori qariyb 1 mlrd sömni taşkil etgandi.