Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Qarshi filialiga direktor tayinlandi
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining tegishli buyrug‘i bilan Nabijon Pirimovich Yuldoshev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qarshi filiali direktori etib tayinlandi.
Tibbiyot fanlari doktori Nabijon Yuldoshev Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi navbatchi shifokori, aspiranti, yurak aritmiyasi laboratoriyasi kichik ilmiy xodimi, yurak aritmiyasining og‘ir turlarini jarrohlik yo‘li bilan davolash va elektrofiziologiya tekshiruvi bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan.
2016 yilda Shveytsariyada bemorlarni davolashning yuqori texnologik usuli — «teri orqali aortal klapan implantatsiyasi – TAVI» jarrohlik amaliyotini o‘zlashtirdi va mamlakatimizda uni birinchilardan bo‘lib amalga oshirdi.
2018 yilda Nabijon Yuldoshev Xitoy Xalq Respublikasida yurak tug‘ma nuqsonlarini kateter orqali yopish usulini o‘zlashtirib, hozirga qadar bolalar va kattalarda uchraydigan bo‘lmachalararo to‘siq defekti, qorinchalararo to‘siq defekti, ochiq arterial yo‘l singari yurakning bir qator murakkab tug‘ma nuqsonlarni kateter orqali okklyuderlar bilan yopish amaliyotlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan.
U dunyoning bir qator davlatlarida – Rossiya, Fransiya, Yaponiya, Xitoy, Polsha, AQSh, Koreya Respublikasidagi kongress va forumlarda o‘z ma'ruzalari bilan qatnashgan.
Cohadagi samarali faoliyati e'tirof etilib, «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.
U shu vaqtgacha Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Rentgenendovaskulyar jarrohlik bo‘limi rahbari vazifasida ishlab kelayotgandi.
Mavzuga oid
12:34
Nukus va Qarshida avtomatik shaharsozlik talablari mexanizmi sinovdan o‘tkaziladi
15:37 / 20.06.2025
Hisorak suv omboridan Qarshi shahrigacha ichimlik suv tarmog‘i tortiladi
13:05 / 14.04.2025
Ural Airlines'ning Qarshi - Moskva reysi texnik sabablarga ko‘ra bekor qilindi
18:13 / 31.03.2025