«Ğuzor – Buxoro – Nukus – Beyneu» yölining viloyatdan ötgan 100 kilometrini rekonstruksiya qiliş hisobiga hududning tranzit salohiyatini 3 karra oşiriş mumkin. Bu loyihaga Qarşi şahridagi yangi aylanma yölning qolgan 13 kilometri ham qöşilsa, aholi e’tiroziga sabab bölayotgan tirbandlik masalasi hal böladi. Mutasaddilarga bu borada kelgusi yildan amaliy işlarni boşlaş topşirildi.
Şuningdek, «Qarşi – Şahrisabz – Kitob» magistral yölining 106 kilometrida rekonstruksiyani boşlab, 4 tasmagaça kengaytiriş, Qamaşi va Yakkaboğ markazidan aylanib ötadigan 34 kilometrli yangi yöl qurilişini ham boşlaş vazifasi qöyildi.
Uşbu 106 kilometr yölning ikki tomoniga kamida 1 millionta daraxt ekib, «yaşil belboğ» barpo etiş zarurligi qayd etildi.
«Toşkent-Termiz» yölining Qaşqadaryo hududidan ötgan 60 kilometri ham 4 tasmali qilinib, sement-beton qoplamaga ötkaziladi. Joriy yilda bu yölning 20 kilometrini qurib bitkaziş topşirildi.
Qaşqadaryoda 3 ming kilometr tuproq qoplamali yöl bor. Mutasaddilar oldiga bu yöllarni töliq şağal qoplamaga ötkazişni boşlaş vazifasi qöyildi. Viloyatdagi 9 ta köprikni töliq ta’mirlaşga topşiriq berildi.
Sönggi 8 yilda ajratilgan 1,7 trillion söm hisobidan viloyatda markazlaşgan suv ta’minoti 32 foizdan 61 foizga çiqdi. Lekin, bu respublikada eng past körsatkiç ekani körsatib ötildi.
Viloyatda suv va kanalizatsiyani yaxşilaşga bu yil 800 milliard söm ajratilgan. Mutasaddilarga buning hisobiga 183 kilometr suv va kanalizatsiya tarmoği, 8 ta suv inşooti qurilişini yakunlaş topşirildi.
Qarşi şahri kanalizatsiya tizimini yaxşilaş işlarini ham şu oyda boşlaş şartligi qayd etildi. Bunga xalqaro moliya institutidan 60 million dollar jalb qilingan.
Qarşi şahrida suv ta’minoti 97 foiz bölsada, suv olib boradigan 110 kilometrli magistral quvurning yarmidan köpi eskirgan, suv yöqotiş yuqori.
«Şu bois, qançalik qiyin bölmasin, Hisorak suv omboridan Qarşi şahrigaça içimlik suvi tarmoği tortişimiz kerak», – dedi prezident.
Mutasaddilarga uşbu loyihani amalga oşiriş böyiça taklif kiritiş topşirildi.

Hozirning özida viloyatdagi 20 ming oilada uy-joyga ehtiyoj bor.











