O‘zbekiston | 14:53 / 25.11.2020
19193
1 daqiqa o‘qiladi
Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutiga yangi rektor tayinlandi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori tayinlandi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi xabar bermoqda.
Hukumatning 2020 yil 24 noyabrdagi tegishli qaroriga muvofiq Ilhom Sobirov Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat instituti rektori lavozimida ish boshladi.
Ilhom Sobirov 1974 yilda tug‘ilgan, ma'lumoti oliy, 1996 yilda Toshkent to‘qimachilik va yengil sanoat institutini tamomlagan. Texnika fanlari doktori, professor.
Vazirlik xabarida aytilishicha, I. Sobirov 2020 yildan ushbu institutda faoliyat ko‘rsatib keladi.
Mavzuga oid
08:10 / 12.10.2024
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
12:48 / 04.10.2024
Antikorrupsiya agentligi tadbirkor rektor ustidan vazirlikka taqdimnoma kiritdi
21:01 / 08.05.2024
“Hozircha tayyor emasmiz”. Vazir – rektorlarni saylash haqida
16:34 / 01.11.2023